ISSIQLIK ZARBI (ELITISHI)
Issiqlik zarbi ko`p uchramaydi, lekin juda xavfli bo`ladi. U ko`pincha havo issiqligida katta yoshdagi odamlar, semiz va aksari piyonistalarda kuzatiladi.
Belgilari: Badan terisi qip-qizarib, juda issiq va quriq bo`lib turadi. Hatto qo`ltiqlaridan ham nam qochadi. Odamning harorati juda yuqori, hatto 42°C dan ham ortiq bo`ladi. Ko`pincha u hushdan ketadi.
Davolash: Tana harorati zudlik bilan pasaytirilishi kerak. Odamni salqin joyga qo`ying. Uni sovuq (iloji bo`lsa muzdek) suv bilan namlang va yelping. Bu amalni isitma tushguncha davom ettiring. Tibbiy yordamga murojat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |