Umumbashariy va regional muammolarni hal qilish yo‘llari va xalqaro hamkorlik.
Global muammolarni nazariy jihatdan anglab etish va bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor.
Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir.
Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p karra oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
THE END.
Do'stlaringiz bilan baham: |