4.Davlat Xavfsizligi Xizmatida kadrlar siyosati.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 28 iyundagi qarorida o‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi tizim belgilangan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari tashkil etildi.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Temurbeklar maktabi uchun poytaxtimizning Yunusobod tumanida yangi bino qurildi va bu yerga Priziden tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida Prezidentimizga harbiy-akademik litseydagi o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berildi.
Davlatimiz rahbari 2020 yil oktyabrda bu yerga kelganida hamda Xavfsizlik kengashining o‘tgan yilgi yig‘ilishida harbiy ta’limni takomillashtirish, yoshlarni yurtimiz tarixi va bobolarimiz jasorati asosida vatanparvar etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Temurbeklar maktabida o‘qish shunday tashkil etilgan. Buning uchun beshta kafedra: aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar, psixologiya va tarbiya fanlari hamda kasbiy-amaliy fanlar kafedralari ochilgan. Ularga yuqori malakali pedagoglar ochiq tanlov asosida qabul qilingan.
L itsey tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan. Yoshlar orasida bu yerda o‘qishga intilish juda kuchli. Joriy o‘quv yilida 5 ming 600 nafar talabgordan eng bilimli 100 nafari saralab olingan. Bugungi kunda 220 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.Prezident lingafon, psixodiagnostika va ma’naviyat xonalarini kirib ko‘rdi. Amir Temur merosini o‘rganish markazida yoshlar bilan suhbatlashdi.
- Mana shunday ilg‘or maktabda o‘qiyotganingiz bilan sizlarni, ota-onalaringizni tabriklayman. Sizlar yangi O‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bo‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. Mana, bu maktabda psixologiya fanini ham kiritdik, uniyam yaxshi o‘rganing. Sizlarda hamma imkoniyat bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.Shu yerda videokonferensiya orqali Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Shahrisabz shaharlaridagi Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan ham muloqot bo‘ldi.Ushbu maktablar o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviyat bo‘yicha tanlov o‘tkazish, Temur tuzuklarining har bir tuzugi bo‘yicha ilmiy sharhlar yozish muhimligi ta’kidlandi.Davlatimiz rahbari litsey kutubxonasida ham bo‘ldi. U yerda kitob o‘qib o‘tirgan yigitlar ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona muhit haqida so‘zlab berdi. Ular orasida Mehribonlik uylari tarbiya lanuvchilari ham bor.
- Mamlakatimizda hech bir bola e’tibordan chetda qolmaydi, hammasining rivojlanishi uchun sharoit yaratayapmiz. Faqat qaysi yosh o‘zini qiynab, vaqtini bekor o‘tkazmay, ko‘proq bilim olsa, kelajakda muvaffaqiyatga erishadi. Hamma buyuklik niyatdan keladi, mehnatdan keladi, - dedi Prezident.Litseyning o‘quv binosi, sport zali, yotoqxona, oshxona, tibbiy xizmat markazida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, majmua harbiy mashg‘ulotlar maydonistadion, suv havzasi, avtodrom va platsni o‘z ichiga olgan.Temurbeklar maktabining Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi bilan yonma-yon barpo etilgani ham ahamiyatli. Bu yerda talabalar va o‘quvchilar hamohang muhitda, ustoz-shogird, aka-uka bo‘lib kamolga yetadi.
XULOSA
26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. 1991 yil shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti O‘zSSR KGBsini tugatish va MXXni tuzish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan edi. 2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylangach, bayram DXX kuni deb nomlandi va 5 aprel kuni nishonlana boshlandi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan 26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xizmati orqali rasman eʼlon qilinganligini barchamiz guvohi boʻldik. Avvalroq, Senat yalpi majlisida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullangan edi.Mazkur qonunda 26 sentabr kunini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni sifatida belgilash nazarda tutilgan.
2018 yil 2 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, oldinroq DXX kasb bayrami 5 aprel kuni nishonlanar edi.Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish Davlat xavfsizlik xizmatining tarixi aslida O‘zbekiston prezidentining 1991 yil 26 sentabrda qabul qilingan PF-265-sonli farmoniga borib taqalishi ko‘rsatadi.
«Bugungi kunda 5 aprel sanasini Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlash (Xizmatning 30 yilligi) xavfsizlik idoralarining faoliyat yuritishini hisoblashda qarama-qarshilikni keltirib chiqarmoqda. Chunki o‘tgan yillar davomida (2006, 2011 va 2016 yillar) xizmatning tantanali yubileylariga Davlat xavfsizlik xizmatining xorijiy hamkorlari taklif etilib, ularga esdalik nishonlari topshirilgan.Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami nishonlanganidan so‘ng, 26 sentabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining 30 yilligini o‘tkazish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi», — deya ta’kidlangan.Xabarga ko‘ra, «mazkur qonunning ma’qullanishi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining ma’naviy-ruhiy kayfiyatini, xizmat uchun faxr tuyg‘usi yanada kuchayishi, avlodlar o‘rtasida ustoz-shogird an’analari saqlanib qolishi, xizmatning faxriylariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, shuningdek, xorijiy hamkorlar o‘rtasida davlat xavfsizlik idoralari imijini mustahkamlash imkonini beradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |