Partiyaga berilgan huquqiy ta'rif ham umumiy, ham alohida belgilarni o'z ichiga
oladi. Bu belgilardan eng muhimlari: saylovlarda ishtirok etishning majburiyligi,
partiyalar faoliyatining doimiyligi, siyosiy ishtirok etishning, uyushganlikning
darajasi, a'zolarning soni va partiyaning nomidir. Bu ta'rifga ko'ra, faoliyati doimiy
bo'lmagan tashkilotlar, masalan, faqat saylovoldi davrida faoliyat yurituvchi
saylovchilar ittifoqi kabi tashkilotlar partiya, deb hisoblanmaydi. Partiyaning
rasmiy tan olinishini ko'rsatuvchi, unga davlat himoyasini beruvchi muhim adolat
— bu ro'yxatdan o'tkazishdir. Partiya ro'yxatdan o'tgandagina unga saylovlarda
ishtirok etish huquqi va moliyaviy imtiyozlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |