Bosh miya arteriyalari aterosklerozi:
Bosh aylanadi;
Xotira yomonlashadi;
Bosh og‘riydi insult rivojlanadi.
Buyrak arteriyalarining aterosklerozi:
Bosh aylanadi;
Umumiy holsizlik
Buyrak arteriyalarining aterosklerozi:
Ateroskleroz tashxisi, diagnostika - Muayyan kasallikka bog‘liq odatdagi umumiy tibbiy ko‘rik va tahlillar tayinlashdan tashqari, tashxis qo‘yish uchun lipid almashinuvi va yurak-tomir tizimining holatlari tekshirib ko‘riladi.
- Lipid almashinuvini tekshirish. Odam qonidagi xolesterin oqsil bilan birikkan bo‘ladi. Bu moddalar lipoproteinlar deb ataladi. Eng so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, odam tanasida xolesterin ikki asosiy ko‘rinish (fraksiya)da bo‘lar ekan:
- Zichligi past lipoproteinlar. Aynan ular aterogen xolesterin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi; Zichligi yuqori lipoproteinlar. Ular ortiqcha holesterinni to‘plab ateroskleroz rivojlanishini oldini oladi. Ateroskleroz paytida lipid almashinuvi buziladi. Yuqori qayd etilgan lipoproteinlar o‘rtasida muvozanat bo‘ziladi. Muolaja uslub va vositalarini to‘g‘ri tanlash uchun eng kamida ikki asosiy ko‘rsatkichni aniqlash zarur:
- Umumiy xolesterinning miqdori. Ya’ni organizmadagi barcha shakldagi holesterin; Zichligi yuqori lipoproteinlardagi holesterin miqdori.
- Olingan ma’lumotlar asosida aterogenlik koeffitsiyenti(Ka) hisoblab chiqiladi. Garchi umumiy xolesterin miqdori me’yorda bo‘lsa ham, Ka 3,5 dan yuqori bo‘lgan chog‘ida ateroskleroz rivojlanishining xavfi yuqori hisoblanadi. Uning rivojlanishiga keng imkoniyat tug‘iladi.
Yurak-tomir tizimini tekshirish: - Elektrokardiografiya (shu jumladan, veloergometriya);
- Dopplerografiya;
- Reovazografiya;
- Rentgenokontrastli angiografiya va boshqalar o‘tkaziladi.
Ateroskleroz kasalligini davolash - Ateroskleroz rivojlanishiga sababchi bo‘ladigan omillarga qarshi harakatlar davolash asosini tashkil etadi. Bunda chekishni tashlash, gipodinamiyani bartaraf etish jismoniy faollikni oshirish, jismoniy mashqlar qilish. Arterial bosim va qonda qand miqdorini nazorat qilish, rejim bilan ovqatlanish kerak. Shu qoidalarga rioya qilinganda, qonda xolesterin miqdorini mo‘tadillashtiruvchi maxsus dorilar ichish shart bo‘lmaydi.
- Parhez. Ateroskleroz sekin, yillar davomida rivojlanadigan kasallik. Bu kasallikda bemor faqat, dorilar va muolajalar yordamida tuzalib ketaman deb o‘ylamasligi zarur. Hech qanday dori qon tomirlarini asl xoliga qaytara olmaydi. Bemor kishi o‘z sog‘lig‘iga har tomonlama e’tibor berishi va hayot tarzini keskin o‘zgartirishi kerak bo‘ladi. Bu kasallikka uchrashning o‘zi bemor, o‘tgan yillar davomida nosog‘lom turmush kechirganini bildiradi. Bular birinchi navbatda jismoniy harakatlar va parxezdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |