I BOB 1.1.Islom dini haqida
Mazkur mavzu bir jihatdan qaraganda hamma uchun tushunarlidek ko’rinadi, bunga sabab kundalik turmushda, turli yig’inlarda, marakalarda diniy suhbatlarning tinglanishidir. Ikkinchidan, mustaqillik tufayli din va diniy urf-odatlar, an’analar, marosimlarga oid bo’lgan kitoblarni erkin chop etila boshlaganligi, sotuvda bo’lishidan keng kitobxonlar ommasining baxramand bo’lishidir. Uchinchidan, radio, televidenie eshittirishlarida muntazam sur`atda diniy - axloqiy mavzularda turli suhbatlarning berib borilishi turtki bo`ladi.
Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda 2 milliardga yaqin kishini tashkil etadi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad alayhissalom (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarida Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zadogonlarning kuchli qarshiliklariga uchragandan so`ng 622 yilda o’z tarofdorlari bilan Madinaga ko`chadi. Shu yildan musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati shakillanadi. Muhammad alayhissalom vafotidan keyin, bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar.
Islom (arabcha — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( xristianlik va Yahudiy bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Muhammad sallollohu alayhi vasallam vafotidan soʻng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar VII-VIII asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi).
Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan soʻzi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, VIII-XII asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:
1) Kalimai shahodat;
2) Namoz oʻqish;
3) Roʻza tutish;
4) Zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish.
Shundan kelib chiqib, musulmon odam kar lahzada Alloh taoloni ko`rib turgandek ixlos bilan yashamog`i, u Zotning roziligini olishga harakat qilmog'i kerak. Agar bu oliy maqomga erishishga ojizlik qilsa, har lahzasini "Alloh taolo meni ko`rib turibdi" degan etiqod bilan o'tkazib, o'shanga yarasha harakatda bo`lishi lozim. Ana o'shandagina u ehsonning quyi darajasiga erishgan bo'ladi.
Hadislarda zikr qilingan uch narsaning hammasi qo'shilib, “din” deyiladi, chunki ushbu savollarni bergan shaxs haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Albatta, u Jabroildir. Sizlarga diningizni o`rgatgani kelibdi "- dedilar".
Ya`ni "Uning bergan savollari odamlarga dinlarini o`rgatish maqsadida berilgan savollar edi", - dedilar. Demak, mazkur savollarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan berilgan javoblarda zikr qilingan masalarning majmuasi “din” ekani tushuniladi.
Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, iymon, Islom va esonning birikuvidan din hosil bo'lar ekan.
Iymon, ya'ni e'tiqod masalalariga oid ilohiy ta`limotlar to'plami "aqiyda" deb nomlangan bulib qolgan. Bu qismga oid ilm "Aqoid ilmi" deyiladi.
Ushbu hadisda zikr qilingan dinning "Islom" deb atalgan amaliy qismi "shariat" ham deyiladi. Bu qismga oid masalalar bilan fiqh ilmi shugullanadi.
"Ehson" dinning qalb tarbiyasiga bo'g'liq qismi bo'lib, u odatda "tariqat" ham deyiladi. Bu qismga oid diniy ta'limotlarni o'rgatadigan ilm "tasavvuf ilmi" deb ataladigan bo'lib qolgan.
Albatta, dinning ushbu manbalarga oid ma'lumotlar faqat yuqorida zikr qilingan "Jabroil hadisi" bilan chegaralanib qolmagan, balki Qur'oni Karim, Sunnat va boshqa manbalarda kelgan ma`lumotlar bilan mukammal holga kelgan. 4
Do'stlaringiz bilan baham: |