Quritish tezligi va davrlari
Quritgichlarni hisoblash va loyihalash uchun quritish tezligini bilish zarur. Quritish tezligi U cheksiz qisqa vaqt dτ davomida material namligining kamayishi dW orqali aniqlanadi:
(4)
Quritish tezligi tajriba yo’li bilan laboratoriya qurilmalarida topiladi (11.1- rasm). Bu qurilma ventilyator, elektr isitkich, quritish kamerasi va tarozidan tashkil topgan. Elektr isitkichda qizdirilgan havo ventilyator yordamida quritish kamerasiga uzatiladi. Kameraning eshikchasi orqali nam material taroziniig bir pallasiga joylashtiriladi. Quritish jarayoni davomida materialning massasi (namligi) kamayib boradi. Olingan tajriba natijalari asosida quritish egri chizigi quriladi. Quruq va ho’l termo-metrlar yordamida havoning nisbiy namligi aniqlanadi.
Material namligi W ning vaqt davomida havo parametrlari o’zgarmas bo’lganda (t = const, φ = const, ω = const) olingan grafik bog’liqligi quritish egri chizig’i deb yuritiladi (1-rasm).
1 - rasm. Material - namligining vaqt davomida o’zgarishi.
Quritish jarayonining boshlanishida namlik ajralib chiqishi bilan birga material qiziydi. Bu davr qisqa vaqtni tashkil etadi. Materialning qizishi tamom bo’lganidan so’ng, quritish jarayoni to’g’ri chiziq bo’yicha ketadi. Bu davrda quritish jarayoni o’zgarmas tezlikka ega bo’ladi. Bu davr K1 nuqtada tugaydi va bu nuqtaga materialning kritik namligi Wyr to’g’ri keladi.
Birinchi davrda erkin bog’langan namlik ajralib chiqadi. K1 nuqtadan so’ng quritishning ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda material tarkibidan bog’langan namlik ajralib chiqadi. Ikkinchi davrda quritish tezligi doimo kamayib boradi, materialning kamligi esa, muvozanat namlikka yaqinlashadi. Quritish jarayoni muvozanat namlikka qadar davom etishi mumkin.
Shunday qilib, quritish egri chiziri xosil qilinadi. Egri chiziqning istalgan nuqtasiga o’tkazilgan urinma og’ish burchagining tangensi quritish tezligi dφ/dτ ni tashkil qiladi (2 - rasm). Gorizontal o’qqa material namligining qiymati (% hisobida), vertikal o’qga esa quritish tezligi dφ/dτ ning qiymati (% /min) qo’yiladi. Hosil bo’lgan egri chizik quritish tezligini tasvirlaydi.
Birinchi davrda quritish tezligi gorizontal to’g’ri chiziq bo’ladi, chunki bu davrda quritish tezligi o’zgarmas qiymatga ega. Ikkinchi davrda quritish tezligining chizig’i materialning turiga va namlikning material bilan bog’lanish turiga qarab har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Bu davrda quritish tezligi doimo kamayib boradi.
2- rasm. Quritish tezligining egri chizig’i.
2- rasmda turli materiallar uchun quritish tezligining egri chiziqlari keltirilgan. Hamma egri chiziqlar muvozanat namlikka tug’ri kelgan nuqtaga kelganda tugaydi. Quritish tezligi egri chiziklarining ayrimlarida ikkinchi kritik nuo’ta
Do'stlaringiz bilan baham: |