Mustaqil fikrlashni shakllantirishda masala, muammo va topshiriq


Masalalar, muammo va topshiriqlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tahlili



Download 29,22 Kb.
bet2/2
Sana25.06.2022
Hajmi29,22 Kb.
#703896
1   2
Bog'liq
Shaxsda mustaqil fikrlashni shakllantirishda masala, muammo va topshiriq

2.4 Masalalar, muammo va topshiriqlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tahlili
Muammo yoki masalani hal qilish, yechish, olingan natijalar-ning to‘g‘riligiga ishonch va qanoat hosil qilish uchun talaba uni tekshirish bilan mustaqil fikr yuritish xatti-harakatlarini yakunlaydi. Ana shu fikriy operatsiyalar, mulohaza shakllaridan so‘ng masala (topshiriq) batamom hal qilinadi deb topiladi va u to‘g‘rida o‘ylash nisbiy jihatdan to‘xtatiladi, xolos.
Odamning mustaqil fikr yuritishi quyidagi bosqichlardan tash-kil topgan bo‘lishi mumkin:
Muammoning shaxs idrok maydonida paydo bo‘lishi.
Kishi tomonidan masala, muammo, topshiriq mohiyatini anglash
Ularga o‘xshash ma’lumotlar yoki obrazlarning vujudga kelishi
Tasavvur va xotira materiallarining kamayishi, taxminlar (farazlar)ning uzluksiz tug‘ilishi.
Taxminlarni bosqichma-bosqich tekshirish yoki ularning haqqoniyligini tasdiqlash.
Yangi taxmin(faraz)ning yuzaga kelishi va takomillashuvi.
Farazlarni ikkilamchi tekshirish (ikkinchi marta tasdiqdash).
Masala, topshiriq, muammo yechimini topishi (hal qilishi).
Ixtiyorsiz aqliy xatti-harakatlarning davom etishi fikrlarning nisbiy davomiyligi va hokazo.
Talabalarni mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish uchun muammoning ma’noviy, shakliy, tuzilmaviy jabhalarini hisobga olgan holda quyidagilarga diqqat e’tiborni yo‘naltirish maqsadga muvofiq:
savollari aniq qilib berilmagan muammolar, masalalar, topshiriqlarda ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar, aloqalar, munosabatlar talaba tomonidan tahlil qilingandan keyin ifodalab beriladigan savollarning variantlaridan biri qavs ichida ko‘rsatiladi;
berilganlari etishmaydigan muammolar, masalalar, topshiriqlar, ularni yechish (bajarish, hal qilish) uchun etishmaydigan ma’lumotlar qavs ichida qoladi;
ortiqcha ma’lumotlarga, tafsilotga ega bo‘lgan muammo, masala, topshiriq, ortiqcha ma’lumotlar bilan beriladi;
bir necha yo‘l bilan, usul bilan, bosqich bilan echiladigan, hal qilinadigan, bajariladigan muammo, masala, topshiriq, bu o‘rinda turli masalalar (muammolar, topshiriqlar) beriladi, bunda echim-ning eng qulay, oddiy, eng tejamli, omilkor yo‘li iloji boricha yashiringan holda havola etiladi, muammolar fikrlashning bir usu-lidan ikkinchisiga, bir oddiyroq hukmdan murakkabrog‘iga, bir xulosadan uning alohida ko‘rinishlariga, shakllariga o‘tish talaba aqliy qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi;
mazmun va mohiyati o‘zgarib turadigan muammolar, masalalar, topshiriqlar, ularda ham bitta mustahkamlangan akdiy xatti-harakatlardan boshqasiga o‘tishdan iborat aqliy qobiliyat tarkib toptirishga yo‘naltiriladi, ya’ni ularni yangi vaziyatga, ob’ektga ko‘chish jarayonida foydalanishga o‘rgatiladi;
isbotlashga, kashf qilishga, yangilik ochishga mo‘ljallangan mu-ammolar, masalalar, topshirikdar, ular yordami bilan mantiqiy fikrlash ichki munosabatlarni dalillash, qonuniyatlarini anglash singari aqliy qobiliyat takomillashtiradi;
mustaqil fikrlashga, mantiqiy mulohaza yuritishga muammo-lar, topshiriqlar, masalalar, ularni echish (hal qilish) uchun hech qanday maxsus bilimlar talab qilinmaydi, lekin bunda ma’lum darajada ijodkorlik ko‘rsatish, hayotga murojaat etish, mantiqiy mulohaza yurita olish imkoniyati taqozo qilinadi, ularning ba’zilari matematik xususiyatli, boshqalari esa faqat mantiqiy boshqotirma shaklida havola etiladi.
Mustaqil fikr yuritish o‘zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan kasbiy tayyorgarlik mahorat sari talabalarni yetaklaydi, jamiyat va tabiat hodisalarini anglash uchun puxta negiz hozirlaydi.
Fikr yuritishning mustaqilligi deganda talabaning shaxsiy tashabbusi bilan uning o‘z oldiga yaqqol maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va nazariy, xususiyatli faraz (taxminan, gipoteza) qilishi, kutilayotgan natijani ko‘z oldiga keltira olishi, qo‘yilgan muammoni hech kimning ko‘magisiz, ko‘rsatmasiz, o‘zining akdiy izlanishi tufayli, turli yo‘l, usul, vosita topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish joiz.
Fikr yuritishning mustaqilligi aqlning sertashabbusligida, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda talaba o‘z oldiga yangi muammoni aniq maqsad, yaqqol vazifa qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirishda nihoyasiga etkazishga, echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo‘lishi nazardatutiladi. Aqlning pishiqchigi vazifalarni tez echish-da, echish paytida yangi usul va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, eski yo‘llardan forig‘ bo‘lishda va boshqa ruhiy jarayonlarda ifoda-lanadi.
O‘zining va o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera olishda aqlning tanqidiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Agartanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga, muayyan mezonga asoslanib amalga oshirilsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiy-lik deyiladi. Mabodo, talabaning tafakkuri tanqidiyligi sub’ek-tiv (shaxsiy) xatolarga umuman sub’ektivizmga og‘ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Talaba fikrlashidagi tanqidiylik oqilona, odilona, omilkorlik bilan amalga oshirilsa, namoyon bo‘lsa, unda shaxs uchun muhim ham akdiy, ham axloqiy sifat (xislat) vujudga keladi, deb komil ishonch bilan aytish mumkin.
Talaba fikr yuritishining mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog‘liq tarzda kechadi. Agar talaba tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyanomalar bildirilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday insonning fikr yuritishi sermahsul deyiladi. Vaqt oralig‘ida bajarilgan aqliy faoliyat ko‘lamiga va sifatiga oqilona baho berish talaba fikr yuritishi mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi. Talaba oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisalar mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy ijtimoiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, talabaning mustaqil fikrlashi hali izlanmagani, to‘la foydalanilmagan imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularni to‘la ochish fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Har qanday tashkilot, yangilik taraqqiyot — inson aql-zakovati-ning mahsulidir, xuddi shu bois fan va texnika rivoji ko‘p jihat-dan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog‘liq. Talaba kamoloti jismoniy, axloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo‘lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi etakchi, ustuvor o‘rin egallaydi. Hozirgi davr talabalari jismoniy, axloqiy jihatdan komillik darajasiga engillik bilan erishsa-da, lekin akdiy kamolotga etishish asab tizimining taranglashuvi, aqliy zo‘riqish, hissiy jiddiylashuv, barqaror irodaviy akt, uzluksiz faollik, fidoiylik namunalari evaziga bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan amalga oshishi mumkin. Komil inson bo‘lib kamol topishni ezgu niyat qilgan bo‘lg‘usi mutaxassis ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat va qadriyatlarni egallash uchun hamda kelajak rivojini ta’minlash uchun talabalarda mustaqil fikrlashni, ijodiy izlanishni, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish maqsadga muvofiq.
Download 29,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish