Mustaqil fikrlashni shakllantirishda masala, muammo va topshiriq



Download 29,22 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi29,22 Kb.
#703896
  1   2
Bog'liq
Shaxsda mustaqil fikrlashni shakllantirishda masala, muammo va topshiriq


2.3 Mustaqil fikrlashni shakllantirishda masala, muammo va topshiriq.
Fikrlash yoki fikr yuritish inson aqliy faoliyatining, aql zakovatining, muomala maromining, ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil fikrlash tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, shaxsning keng ko‘lamli aqliy faoliyatini oqilona, omilkorlik bilan amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Mustaqil fikr yuritishning ro‘yobga chiqishida odamda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz, maqsad kabilar vujudga keladi va ular shaxs ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar sifatida ifodalanadi. Mustaqil fikr yuritish til va nutq bilan chambarchas bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi hamda ular uz-luksiz tarzda bir-birini taqozo etadi. Xuddi shu bois talaba o‘zi-ning mustaqil fikrlashi (muloqoti), nutqi, ongli xulq-atvori tufayli borliqdagi mavjudotlardan tubdan ajralib turadi.
Kishi mustaqil fikr yuritish faoliyatida o‘zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, tasavvur etgan, eslab qolgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi, haqqoniyligi yoki ularning voqelikka mos (mutanosib) tushishi va tushmasligini aniqaaydi. Borliqni bilish jarayonida hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar, farazlar (taxminlar), qaror qabul qilishlari chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson mustaqil fikrlashi tufayli voqelikni umumlashtirgan holda bilvosita yoki bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o‘rtasidagi ichki, murakkab bog‘lanishlar, munosabatlar, xossalar, xususiyatlar hamda mexanizmlarni tushunadi, anglab etadi. Binobarin, odam muayyan qonun, qonuniyat va qoidalar-ga asoslangan holda tabiiy, ijtimoiy hodisa va voqealarning vu-judga kelishi, kechishi, rivojlanishi hamda ularning oqibatini oldindan payqash, bashorat qilish imkoniyatiga ega. Hozirgi zamon kishisining bilish va amaliy faoliyatini oqilona, omilkorlik bilan tashkil qilishda mustaqil fikr yuritish alohida ahamiyat kasb etmoqsa.
Odatda, fikr yuritish voqelikni umumlashtira olish darajasiga, muammoni echish vositasining xususiyatiga, ob’ektning shaxs uchun yangiligi uning faollikka undashiga binoan bir necha turlarga ajratiladi. Mustaqil fikrlash aqliy faoliyat sifatidatahlil qilinganda talaba tomonidan masalalar va topshiriqlarni echish nazarda tutiladi, ularning shartlarida, mohiyati, tuzilishi, shakllari va shaxsning anglashuv, tushunuv imkoniyatlarida kuzatiladi. Masala, muammo, topshiriq yechish (hal qilish, bajarish) insonning ehtiyoji, qiziqishi, mayli, motivatsiyasi, aqpiy qobiliyati, iste’dodi, salo-hiyati bilan bog‘liq holda olib qaraladi, muammo tomonidan qo‘yil-gan talablarni qabul etish, shaxsiy qarorga kelish, yechimni topish uchun vositalar qidirish ijod, izlanish va fikrlashning mustahkam negizini tashkil qiladi. Mustaqil va ijodiy fikrlash faoliyatida muammo echimini topish jarayonini boshqarish, borliqni in’ikos qilishda shaxsning his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, favquloddagi vaziyatlari, ob’ektiv sharoitlari uning uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy turmushda ta’lim tizimida, ishlab chiqarish amaliyotida shaxslararo (ob’ektiv, sub’ektiv) munosabatlar, aloqalar, hamkorlikdagi aqliy va jismoniy mehnat natijasi muomala qilish maromi nostandart fikrlashning majmuasi tariqasida yuzaga keladi. Talabalar jamoasida tanqid va o‘zini o‘zi tanqid, baholash va o‘zini o‘zi ba-holash, tekshirish va o‘zini o‘zi nazorat qilish, boshqarish va o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, guruhiy mulohaza hamda shaxsiy mushohadadan iborat mustaqil fikrlashning sifatlari shakllanadi.
Insonni inson tomonidan idrok qilish, ya’ni notanish shaxs-ning ruhiy holatini aniqlash, uni taxmin qilish, eng zarur alomatlari va belgilari to‘g‘risida materiallar to‘plash ham ijodiy fikrlashning mahsulidir. Mazkur murakkab bosqichli iborat bilish ja-rayoni insondan irodaviy zo‘r berishni, aqliy jiddiylikni, ongli munosabatni, barqaror vaziyatni, qulay sharoitlarni talab qiladi, bularning bevosita ta’siri orqali ma’lum bir qarorga kelinadi.
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, ixtirochilik takliflari ham ijodiy fikrlashning mahsuli hisoblanib, amaliy va nazariy ahamiyatli ilmiy farazlar, g‘oyalar, ulug‘vor maqsadlar, yuksak ezgu niyatlar uning vazifasiga kiradi.
Insonning fikrlash faoliyati ijtimoiy xususiyatga ega. Fikrlashning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval ovqatlanish uchun ozuqa izlash, keyinchalik esa mehnat qurolini yasash va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish kezida shaxslararo fikr almashish, tajriba bilan o‘rtoklashish ehgiyoji vujudga kelgan. Insonning o‘zaro muloqotga kirishishi, muomala qilishi, munosabat o‘rnatishi nati-jasida fikr bildirish, so‘zlashuv uquvi yuzaga kela boshlagan. Nutqning sharofati bilan fikrlash mahsullarining izchilligi, mantiqiyligi, tizimliligi paydo bo‘lgan, kelajak avlod uchun an’anaviy meros tariqasida qoldirish imkoniyati tug‘ilgan. Insoniyat tomoni-dan to‘plangan tizimlashtirilgan tajribalar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar qoldirilmaganida edi, odamzod fikr yuritish fan, texnika, madaniyat sohalarida bunday ulkan yutukdarga erisha olmasdi.
Shaxsda mustaqil fikr yuritish muammoli vaziyat vujudga kelishidan boshlanadi, lekin mazkur vaziyat tug‘ilishi, yechimi bu bilan tugallanmaydi. Unda bilishga nisbatan moyillik, ixtiyorsiz xatti-harakat muammoli vaziyatgacha yorqin bo‘lmaydi, u noaniq holda yuzaga keladi, so‘ngra bu ma’noda echimga muhtoj muammoli vaziyat yaraladi va nihoyat uning echimi topilsa, lekin bilishning muammodan ke-yingi bosqichi fikrning o‘z yo‘nalishida ixtiyorsiz davom etaveradi (muammogacha — muammoli vaziyat — muammodan keyingi vaziyat).
Talabaning o‘quv faoliyati fikr yuritishning o‘zaro mustahkam bog‘langan berk zanjiri vujudga keladi: mustaqil fikrlash, muam-mo, masala (topshiriq).
Talabaning mustaqil fikrlashi quyidagi bosqichlarda tarkib topishi mumkin:
1. Mustaqil fikr yuritish faoliyatida, eng avvalo, hal qilinishi zarur bo‘lgan masala (topshiriq) talaba tomonidan aniqlab olinishi kerak. Agarda uning oldida hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirmagan bo‘lsa, u holda biron-bir narsa to‘g‘risida fikr ham yuritmaydi. Demakki, talaba qarshisida hech qanday muammo paydo bo‘lmagan, mabodo u yechish shart bo‘lgan masala yuzasidan qanchalik aniq va to‘laroq ma’lumotlarga ega bo‘lsa, uning oqilona bajarishi yuza-sidan yo‘l va vositalarni shunchalik engillik bilan topadi. Buning uchun talabalar qo‘yilgan masala mazmunini avvalo ma’lum darajada tushunib olishlari, uning shartini tekshirib chiqishlari, nima ma’lum va nima noma’lum ekanligini aniqlashlari mutlaqo zarur. Faqat ana shundagina, ular sira shoshib qolmaydilar va sira ikkilanmasdan (topshiriq) shartini qidirib, zehn bilan uni tahlil qilishi, tatbiq etish natijasida to‘g‘ri yechishga erishadilar.
Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo‘lgan barcha bilimlarni (qoidalar, omillar, qonuniyatlar, xossalar, xususiyatlar, muhim belgilar, munosabatlar, bog‘lanishlar va boshqalarni) tatbiq qilish uchun intiladilar. Buning uchun esa insonning shaxsiy tajribasida uchragan holatlardan, usullardan unumli foydalangan holda yangi sharoitga, ob’ektga ko‘chirish jarayoni amalga oshiriladi.
Masala yoki muammoga taalluqli faraz (taxmin) ilgari suriladi, bosqichlar taxlil qilinadi, echish to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi, turli variantlar hamda variatsiyalar, invariantlar haqida fikr bildiriladi, ular o‘zaro qiyoslanish natijasida eng samarali alomatlarga, belgilarga ajratiladi va hokazo.
Muammo oldiga qo‘yilgan gipotezani muayyan mezonlar natijasi yordami bilan tekshirish zaruriyati tug‘iladi. Uni tekshirish uchun o‘zaro o‘xshashlik holatlari ma’noviy, shakliy, tuzilmaviy jihatdan taqqoslanadi. Bu o‘rinda ijodiy xayol materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya’ni ijodiy rejalar tuzish, umumlash-ma obrazlar yaratish maqsad, natijalarini ko‘z o‘ngiga keltirish, taxminiy munosabatlarni idrok qilish amalga oshiriladi. Uning haqqoniy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aqliy xatti-harakatlar tizimini tatbiq etib ko‘riladi va ayrim o‘zgarishlarni kiritish mo‘ljali oydinlashtiriladi. Gipoteza mantiqiy usullar yordamida fikran analiz va sintez qilinadi, uning muhim alomat-lari ajratiladi, uningto‘g‘riligi, haqqoniyligi bo‘yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi.
Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipotezato‘g‘riligi yoki noto‘g‘ri ekanligi anikdansa, u fikr yuritish ob’ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar topiladi. Yangi amaliy gipoteza fikran bir necha marta tekshiriladi va undan so‘ng amaliyotga joriy qilish uchun sinashga tavsiya etiladi. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarning aksariyati konstruktiv texnik masalalar-ni hal qilishda, kashfiyotlarni yaratishda, ixtirochilik takliflarida, ratsionalizatorlikda, texnologik qurilmalarni joriy etishda turli-tuman modellar, variantlar, preparatlar, texnologik kartalar va boshqalar fikran taxlil qilinadi, so‘ngra ulardan eng ma’quli, omilkori, oqili, eng maqsadga muvofiqi tanlanadi va uning ustiga bosh qotirishda davom ettiriladi.

Download 29,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish