Aim.Uz
Mustaqallik yillarida O`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi
REJA:
1. Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida o`rnatilishi.
2. O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari.
3. Jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning asosiy tamoillari.
4. I.Karimov asarlarida ilmiy metadalogiya, mustaqillik mafkurasi va tarixiy tafakkur.
1.Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida o`rnatilishi.
1998 yil yozida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori ilm moydanida muhum voqea ro`y berdi. O`tgan yil iuyl’ oyida uyrtboshimiz bir guruh etakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdilar. Bu uchrashuvda uyrtboshimiz tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdilar, kuuynib gapirdilar. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin ko`rsatdilar. Prezidentimiz ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z uyritib, shunday deydilar: “Haqqoniy tariximizni barpo etish ishini nimadan boshlash lozim? Avvalo ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit kontsentsiyasini, ya`ni, dasturrini, ilmiy izlanishlarining uslubini, qo`yilabtgan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalari, ulardan potentsial kadrlar masalasini aniqlab olishdan” boshlamoq lozim.1
Haqiqatdan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida asl manbalar va ularning tahlili asosida Vatanimiz tarixini haqqoniy yaratish muammosi alohida ta`kidlandi. “Faqat bahs, munozara, taqlil mevasi bo`lgan xulosalargina bizga to`g`ri yo`l ko`rsatishi mumkin” – deb yozadi Yutboshimiz.2
Prezidentimizning mazkur asarida muxum ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy muammolarni echish yo`llarini o`rtaga qo`yish bilan birga bu asarda O`zbekistonda tarix fanining bugungi ahvoli va tarixchi – mutaxassislar tayyorlash masalasi ham ochib berildi. Ma`lumki, ayrim yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis tarixchi olimlarimiz sanoqlidir. Antirapalogiya, etnologiya, Numiztatika, manbashunoslik mutaxassisliklari shular jumlasidandir. Qadimgi va o`rta asrlar tarixini chuqur biladigan va maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarimiz ham juda oz.
Umuman olganda, Islom Karimovning “O`zbekistonning yangi tarixi markari”ni tashkil etish haqidagi farmonidan (1996), “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” (1998) nomli risolasi, tarixchi olim va ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvidagi (1998), “Turkiston” (1999) va “Fizokor” (2000) gazetalari muxbirlarininng savollarigi bergan javoblaridan, “O`z FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroridan (1998) so`ng tarix fani davlat siyosati darajasida ko`tarildi.
Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va uyrtimizga qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu shiga xorijda yashayotgan hamuyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.3
Xususan, Turkiyada istikomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning “Xazoyinul - maoniy” majmuasining o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi.
Mamlakat Prezidenti bu benazir “Ma`nolar xazinasi” asarini she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tononidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |