ma‘naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida
mustaqil o‗qib-o‗rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‗nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‗layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega
Komil Sindarov
Aslida, har qanday an‘ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat
– istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma‘naviy – axloqiy
qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta‘sir o`tkazadi. Aksariyat an‘analar mazmun –
mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas
g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday
an‘analar borki ular o`zining ijobiy ta‘siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga
ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma‘naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq
xalqlarining ana shunday ma‘naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.
Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi
kunning boshlanishidir.
―Navro`z ― forscha so`zi bo`lib, ― yangi kun ― degan ma‘noni anglatadi. Sharq xalqlari
tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z
bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish
pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday
ta‘riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab
berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ‖Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka ―
Umar Hayyomning ― Navro`znoma ― , Abulqosim Firdavsiyning
―Shohnoma‖, Xoja Ali Termiziyning ― Navro`znoma ―, Alisher Navoiyning ―Saddi
Iskandariy‖ asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm –
rusumlar haqida muhim ma‘lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.
Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh
– la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
T
T
o
o
p
p
s
s
h
h
i
i
r
r
i
i
q
q
:
:
―Navro`z ‖ bayrami bilan bog`liq bo`lgan an‘ana va udumlarimizni
―Diolog‖ usulida ochib beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq
me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: