Мустақиллик – муқаддас неъмат



Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/76
Sana28.06.2021
Hajmi6,15 Mb.
#103422
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
5-sinf Sinf soati

Asosiy qism:   

Biz yashab turgan hozirgi 0‗zbekiston, 0‗rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta 

suv manbalari — daryo va an- horlar bo‗yida yashab kelgan. Atrofi cho‗l va sahrolar bilan 

o‗ralgan,  tabiati,  iqlimi  juda  murakkab,  tez  o‗zgarib  turadigan  bu  hududdagi  sharoitning 

o‗zi bu yerdagi millat va elatlarning ming yillar davomida bir-biriga yaqin yelkadosh bo‗lib, 

bir-  birining  og‗irini  yengil  qilib  yashashini  taqozo  etgan,  ya‘ni  bu  zaminda  istiqomat 

qiladigan  odamlarning  tarqoq  bo‗lib  yashash-  ga  imkoni  bo‗lmagan.  Tabiatning  o‗zi, 

hayotning  o‗zi  ularni  jamoa  bo‗lib  istiqomat  qilishini  zaruratga  aylantirgan.  Bunday 

yashash  tarzi  tabiiy  ravishda  odamlami  bir-birining  holidan  xabardor  bo‗lib,  dard-u 

quvonchlarini  o‗zaro  baham  ko‗rib,  to‗y-  da  ham,  azada  ham  bu  hayot  yukini  barobar 

tortishga o‗rgatgan, insonlar qalbida jamoa fikriga hurmat ruhini kuchaytirgan.

 

 



Jamoaviylik  belgilari  bugungi  kunga  qadar  hayotimizda  katta  o‗rin  egallab  kelmoqda. 

Ayniqsa,  mustaqillik  yillarida  mahalla  tashkilotining  qayta 

tiklanib,  unga  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  idorasi 

maqomi  berilgani  jamoaviylik  bilan  bog‗liq  an‘ana  va 

qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimizning  tumiush  tarzi-  mizdan 

yanada  keng  o‗rin  olishida  aloliida  ahamiyat  kasb  etmoq- 

da. Masalan, hashar, to‗y-u tomoshalarni mahalla alili bilan 

bamaslahat  o‗tkazish,  Navro‗z  bayrami  kunlarida  halim, 

sumalak  kabi  bahor  taomlarini  tayyorlash,  turli  o‗yin  va 

tomoshalar  uyushtirish,  ko‗makka  muhtoj,  qarovcliisiz  kishilaming  holidan  xabar  olish, 

ularga  beg‗araz  yordam  ko‗rsatish,  kam  ta‘minlangan  oilalarni  qo‗llab-quvvatlash, 

yoshlarning  axloqiy-ma‘naviy  tarbiyasiga,  mahalladagi  tozalik,  obodoncliilikka  e‘tibor 

berish  bilan  bog‗liq  qadriyatlarimiz  shular  jumlasidandir.  Masalan,  hashar  haqiqiy 

jamoaviy melinatning, jamoa irodasining yorqin ko‗rinisliidir. Bu tadbir orqali ko‗pcliilikka 

birdek  daxldor  bo‗lgan  ishlar  amalga  oshiriladi.  Deylik,  mahalla,  qisliloq  yoki  shahar 


ko‗chalari  tozalanadi,  obod  qilinadi,  jamoat  maskanlari  —  mahalla  guzari,  choyxona, 

do‗kon  yoki  oslixonalar  tartibga  keltiriladi.  Hashar  yo‗li  bilan  yordamga  muhtoj 

insonlaming kam-u ko‗sti to‗g‗rilanadi, ularga moddiy va amaliy ko‗mak beriladi. 

Jamoaviy  hayot  insonni  yon-atrofdagi  odamlarning  dard-u  quvonchlariga  e‘tiborsiz 

boimaslikka, boshqalar uchun kuyinib, faqat o‗zini emas, o‗zgalarni ham o‗ylab yashashga 

o‗rgatadi. Bu esa haqiqiy insonparvarlikdir. 

Jamoaviylik  va  insonparvarlik  o  ‗zaro  yaqin  va  mushtarak  tushunchalardir.  Mehr-oqibat, 

or-nomus,  boshqalarning  oldida  0‗zini  tutish,  shafqat,  muruvvat,  xayr-u  saxovat, 

hamdardUk, hamkorlik kabi inson uchun eng zarur va noyob tuyg ‗u - tush unchalar aynan 

jamoaviy hayot asosida pay do bo‗ladi va rivojlanadi. 

Bizda  jamoaviylik  an‘analari  kuclili  bo‗lgani  uchun  biron-bir  ishga  qo‗l  urishdan  oldin 

ko‗pcliilikdan maslahat so‗raladi. Ko‗p- cliilik ma‘qullagan ish albatta oxiriga yetkaziladi. 

Jamoaning  hur-  matini  qozongan  inson  obro‗-e‘tiborli  inson  hisoblanadi.  Albatta,  bu 

darajaga yetish oson emas. Buning uchun halol mehnat qilish, ko‗pcliilikning manfaati bilan 

shaxsiy manfaatni uyg‗unlashtirib  yashash, boshqalarning ko‗ngliga  qarab ish qilish  talab 

etiladi.  Inson  tabiatan  doimo  kim  bilandir  muloqot  qurib,  fikr  alma-  shib,  hamkorlik  qilib 

yashashga moyil. Ingliz yozuvchisi Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» romani qaliramoni 

kimsasiz  orolga  tusliib  qolganida  ko‗nglini  yoradigan,  o‗tirib  dardlashadigan  biror-  bir 

hamsuhbat  yo‗qligidan  qanchalik  qiynalganini  bir  ko‗z  oldin-  gizga  keltiring.  Boyoqish, 

nima qilisliini bilmasdan, hayvonlar, o‗simliklar bilan «suhbat qurgani» odamzot hayotida 

jamoaning o‗mi naqadar beqiyos ekanidan dalolat beradi. O‗zaro ham fikr insonlaming ahil 

jamoa bo‗lib harakat qilishi kundalik hayotda ham, ishda, mehnatda ham katta yutuqlarga 

asos  bo‗ladi.  Agar  e‘tibor  bergan  bo‗lsangiz,  nufuzli  sport  muso-  baqalarida  qaysi  jamoa 

jips  va  hamjihat  bo‗lsa,  yagona  maqsad  yo‗lida  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  harakat  qilsa, 

o‗sha jamoa g‗o- lib bo‗ladi. Bunda, hech shubhasiz, har bir odamning o‗ziga xos qobiliyat 

va  iste‘dodi,  jismoniy,  ma‘naviy  imkoniyatlari  borligini  ham  hisobga  olish  lozim.  Har  bir 

odam  o‗zining  shaxsiy,  indivi¬dual  xususiyatlarini,  qiyofasini  saqlab  qolgan  holda,  ayni 

paytda jamoada o‗z o‗mini topishi va o‗ziga munosib vazifani bajarishi kerak. Shundagina 

bunday jamoa eng kuchli jamoa bo‗ladi. 

Ijfar Indmduallik faqat bir insonga xos xususiyat va belgilar ifodasi bo‗lib, inson uchun bu 

ham eng zarur fazilatdir. Lekin indmduallik o'ziga bino qo‗yish, o'zini boshqalardan ustun 

deb bilish, faqat shaxsiy manfaatni o‗ylab yashashga aylanib ketadigan bo ‗Isa, insonning o 

‗zi uchun ham, jamiyat uchun ham zararlidir. 

Jamoaning noyob xususiyati shundaki, betakror, bir-biriga o‗xshamaydigan odamlami ulami 

qiziqtiradigan,  shaxsiy  man-  faatlariga  daxldor  bo‗lgan  maqsadlar  asosida  birlashtiradi, 

insonni  kamtar,  halol,  boshqalarga  hamdard  bo‗lishga  o‗rgatadi.  Bunda,  ayniqsa, 

yetakchilaming  o‗mi  beqiyos  bo‗ladi.  Ular  jamoaning  birgalikda  harakat  qilishi,  irodasini 

namoyon  etislii,  umumiy  kayfiyati  va  intilishini  belgilab  beradi.  Yetakchi  qanchalik  kuchli, 

azm-u sliijoatli, qat‘iyatli va irodali bo‗lsa, jamoa ham shunchalik kucili bo‗ladi. 


Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish