Qadim iqtisodiy ta’limotlarda grek olimlari
Qadim iqtisodiy ta’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va Aristotellning roli, ayniqsa, ahamiyatlidir. Ksenofont (er.av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfi vakili, Afinaning badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham demokratik Afina quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni qattiqqo‘l quldorlik tuzumi tarafdori edi.
Uning birinchi iqtisodiy asari «Ekonomiya» (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya, «oykos»- uy xo‘jalik va «nomos»-qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to ‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi ilgari surildi, uу xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi.
Ksenofont dehqonchilik va hunarmandchilik haqida gapirib, dehqonchilikni «eng asosiy hunar» deb baholaydi. «Ozod insonlar dehqonchilikda boshqarish bilan shug‘ullansin, oddiy mehnatni esa qul bajarishi kerak», - deydi. U «Dehqonchilik insonlarni yaqinlashtiradi, birodarlashtiradi» deyish bilan birga, hunarmandchilikning boshqa turlariga noto‘g‘ri yondashadi.
Uningcha, boshqa hunarlar vaqtni ko‘p olib, insonlarni bir- biridan uzoqlashtiradi. Ksenofont qullar haqida, quldorlar aristokratiyasi vakili sifatida, qullarga «gapiruvchi qurol» sifatida qaraydi. Shu bilan birga, qullarni ishlatishda ikki omil birligini ta’minlashga da’vat etdi: birinchisi- «qattiq jazolash» bo‘lsa, ikkinchichi-«yaxshi muomala qilish». Mana shu usullardan mehnatning unumdorligini orttirishga uchun ham foydalanishga chaqiradi.
Ksenofont mehnat taqsimoti haqida shunday yozadi: «Mehnatni boshqarishda boshqaruvchidan juda katta e’tibor talab qilinadi, chunki u kirn yaxshi ishlayapti, kirn dangasa, buni bilishi va yaxshi ishlaganlami rag‘batlantirishi kerak». Shu bilan u birinchilardan bo‘lib jismoniy va aqliy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tushunishga harakat qildi. Mehnat taqsimoti munosabati masalasida u o‘z zamondoshlaridan yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, kichik shaharlarga nisbatan yirik shaharlarda mehnat taqsimoti mukammalroq bo‘ladi, deb aytadi. «Chunki,-deydi u,-katta shaharda hunami mukammal bilmay, uning bir qismini bajarish bilan ham yashash mumkin». Mehnat taqsimoti insonlarni turli mehnatlarga ixtisoslashishga olib keladi.
Ksenofont iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib moddiy ne’matlar ikki tomonlama iste’mol qilinishi, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymati sifatida tushunishga harakat qiladi. Tovarning ikki tom oni bormi, deya birinchi savol qo‘ygan ham u edi. Haqiqatda u birinchi bo‘lib bu savolga javob berdi. U narsalami insonlar uchun zarur va zararli guruhga bo‘ldi.
U aytadi: «Agar senda musiqa asbobi bo‘lsa-yu, lekin sen uni chala olmasang, qiymatga ega emas; agar sen uni sotib yuborsang u qiymatga ega». Bu bilan biz Ksenofontda birinchi bo‘lib iqtisod fanida tovami ikki tom oni, ya’ni uni iste’mol qiymati va qiymati borligi g‘oyasini ko‘ramiz. Ksenofontning pul haqidagi ta’limoti ham umumiy iqtisodiy qarashlari singari ziddiyatli, qarama-qarshiliklardan iboratdir. U umuman pulni tan olgisi kelmaydi, lekin shu vaqtning o‘zidayoq oltin va kumushni zeb-ziynat ham da boylik orttirish manbayi deb qaraydi.
Platon (er.av. 427-347-yil) ham Afina shahrida tug‘ilgan yirik aristokratiya vakili edi. U buyuk Suqrotning shogirdi edi. Unda biz tugallangan iqtisodiy ta ’lim otni topa olmasak ham davlat tuzilishi to‘g‘risidagi juda qiziqarli ta ’lim otga egamiz. U davlatning (yoki jamiyatning) ikki sxemasini taklif qiladi va ulam i o ‘zida aks ettirgan ikki asar yaratdi. Bular «Davlat» va «Qonunlar» deb ataladi. Uning sxemasida, birinchisi davlat qurilishining ideal loyihasi (ideal davlat) bo'lsa, ikkinchisi esa u yashab turgan davrdagi davlat aks ettirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |