Oldinga qo‘yilgan vazifalami muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda yirik musobaqalarga kurashchilami aniq maqsad bilan texnik-taktik jihatdan tayyorlash uchun MF xususiyatlarini tinimsiz o‘rganib borish zarur. Musobaqalardagi muvaffaqiyatlami tavsiflovchi asosiy omillami o‘rganar ekanmiz, biz MFning an’anaviy tahlilida qator nuqsonlar mavjudligini aniqladik, ulaming asosiysi kurashchilaming musobaqa faoliyati to‘g‘risida ishonchli axborot olishga tinimsiz yondoshuv hamda nazorat yo‘qligi hisoblanib, bu musobaqalarda qaror qabul qilish uchun miqdoriy axborotlardan foydalanish tezkor imkoniyatlari yo‘lini berkitadi. Yuqorida bildirilgan fikrlami aniqlash uchun, shu qatorda qo‘llaniladigan trenirovka nagruzkalarinmg xususiyatlarini topish maqsadida kurashchilaming MF ni pedagogik nazoratdan o‘tkazish hamda trenirovka jarayonining olib borishni tahlil qilish kerak. MF jahon chempionati, Olimpiya o‘yinlari, Osiyo, Respublika birinchiliklari va boshqa bir qator yirik xalqaro musobaqalardagi bellashuvlami bevosita va MF ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uslublardan hamda videomateriallar orqali kuzatish jarayonida tahlil qilish kerak. Kurashchilar musobaqa faoliyatini chuqur o‘rganish zamonaviy musobaqa qoidalari kurash bellashuvlari shiddatini jiddiy oshirishga olib kelgani faktini ta’kidlaydi. Sport fanining yetakchi mutaxassislari, murabbiylar sportchilarning MF xususiyatlarini batafsil o‘rganish asosida o‘quv-mashq ishlari samaradorligini oshirishga urinadilar. Shundan kelib chiqib, kurashchilaming alohida xususiyatlarini hisobga olishi kerak boiadigan TTTni boshqarishning maxsus tizimi belgilandi. Uning mohiyati sportchilar tayyorgarligida rejalashtirilgan maqsadlarga erishish yo'llari va individuallashtirilgan faoliyatning jiddiy jihatlarini ochishdan iborat. Mazkur vaziyatning oqibati sifatida sportchilarning maxsus-jismoniy, texnik-taktik va boshqa tomonlari darajasiga qo‘yiladigan talablar oshib ketdi. Kurashchilar o‘tkazadigan hujum usullari miqdorini orttirish hisobiga ballardagi arzimas ustunlik bilan g‘alabalarga ko‘proq erisha boshladilar. Bellashuvni baholashda ogohlantirish va passivlar miqdori katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, musobaqa qoidalaridagi o‘zgarishlami e’tiborga olib, kurashchilaming musobaqa faoliyatini tavsiflovchi model qiymatlar majmuasini yana ham sinchiklab ishlab chiqish talab etiladi. E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |