Muskul тo’qimasi


Silliq muskul to’qimasining tuzilishi



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.06.2022
Hajmi1,28 Mb.
#719211
1   2   3   4   5
Bog'liq
muskul toqimasi kondalang chiziqli muskul va uning yurak muskuli bilan oxshashlik va farqlari

Silliq muskul to’qimasining tuzilishi. 
A-siydik pufagi silliq muskulining bo’ylama
va ko’ndalangiga kesilgani; 
1-silliq muskul hujayralarining tikkasiga kesilgani;
2-ularning ko’ndalangiga kesilgani;
3-biriktiruvchi to’qima. 



 
 
 
 
 
 
B -Silliq muskul to’qimasining tuzilish sxemasi. 
1-silliq muskul hujayrasi; 2-uning yadrosi; 3-sarkoplazmadagi miofibrillar; 
4-sarkolemma; 5-endomiziy; 6- qon tomir kapillyarlari; 
7- nerv tomiri. 



Yadro va organellalar hujayraning trofik apparatini tashkil etadi. Silliq 
mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho’ziq oval yoki 
tayoqchasimon shaklga ega. Yadroning shakli qisqarish paytida o’zgaradi. 
Unda ko’p hollarda ikkita yoki undan ko’proq yadrocha bo’ladi. Yadro 
yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu yerda 
hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik to’r sust 
rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho’ziq, oz miqdorda bo’lib, 
sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko’proq 
bo’lishi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko’ndalang targ’il 
mushaklardagiga nisbatan kam. 
Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi 
sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos 
bo’lgan ko’ndalang-targ’illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli 
ipchalar shaklida ko’rinadi. Elektron mikroskop bilan silliq mushak 
hujayralari o’rganilganda hujayraning butun uzunligi bo’yicha yotuvchi 
uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo’ylama 
joylashgan submik-roskopik protofibrillalar mavjud bo’lib, ular tutamlar 
hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: 
aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, 
yo’g’on protofibrillalardir.
Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala 
filamentlar ham mushak bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki 
hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak qisqarganda o’z 
joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik 
kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular 
sarkomerlar hosil qil-maydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak 
hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin oqsillari topilgan. 
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin 


protofibrillaning o’rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar 
oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak hujayra 
sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular 
ko’ndalang targ’il mushakdagi sarkoplazmatik ret
ikulumni eslatadi. Lekin 
sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu 
pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo’lgan 
tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-
sistemasini e
slatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga 
chiqishida muhim o’rin tutadi. 
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan 
qoplangan. Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida 
tirqishli tutatish-neksuslar uchrab, ular silliq mushak hujayralarining ma’lum 
guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. 
Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga 
ega. Qon tomirlar to’qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak 
hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi to’qima qatlamlarida kapillyarlar 
to’rini hosil qiladi. 
Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak 
to’qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan mushak hujayralari 
dastlab o’simtalarga ega bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu 
tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo’lish 
differensiallanish 
boshlanganligining 
belgisi 
bo’lib 
xizmat 
qiladi. 
Keyinchalik silliq mushak hujayralari o’simtalarini yo’qotib, duksimon 
shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibrillalarning soni 
ortib, hujayraning uzun yo’nalishi bo’ylab tartibli ravishda joylasha boradi. 
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga 
ega. Mushak 
hujayralarining mitoz yo’li bilan bo’linish qobiliyatiga ega 
ekanligi haqida ma’lumot bor. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va 


ko’payishini qon tomirlarning o’sishi va tiklanishi jarayonida ko’rish 
mumkin. Тajribada yirik arteriya bog’lab qo’y
ilgan hollarda qon aylanish 
kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning 
devorida yangidan hosil bo’lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo’ladi. 
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda 
homiladorlik davrida yuz beradi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish