GLOSSARIY
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex)
– boshqaruv
vazifalarini hal qilish uchun ilg„or dasturiy ta‟minot, hisoblash texnikasi va aloqa
vositalarigan foydalanib axborotlarni yig„ish, qayd etish, uzatish, jamlash, qidirish,
ishlov berish amallarini bajarish usullari va vositalarining tizimli tashkil qilingan
majmuasi.
Adapter
– Kompyuterning qo„shimcha qurilmalari ishini boshqaruvchi
elektron sxema, u kontroller deb ham ataladi.
Akkolada
(frans.
accolade, accolader –
qavs bilan bog„lash)
– ikkita yoki
undan ortiq nota qatorlarini bog„laydigan maxsus qavs.
Fortepiano akkoladasi
Partitura cholg‘ulari
guruhi akkoladasi
Akkord
(ital.
accordo,
frans.
accorde
– rozilik, kelishuv
,
lot.
accordo –
birdamlik)
– uch va undan ortiq tovushlarning bir vaqtda sadolanishi.
Alteratsiya
(lot.
alteration
– o‟zgartirish)
– musiqa tovushlarining
balandligini o‟zgartirish.
Alteratsiya belgilari:
(diez) – yarim ton balandga, (dubl diez) – bir ton
balandga ko‟tarish, (bemol) – yarim ton pastga, (dubl bemol) bir ton pastga
tushirish,
(bekar) – kalitdagi belgini yoki bundan oldin kelgan alteratsiya
belgisini bekor qilish.
Ansambl
(frans.
ensemble
– birgalikda)
– 1. Badiiy jamoa, guruh. 2. Ovoz
yoki tovushlarning uyg„unlashuvi. 3. Bir guruh ijrochilar uchun mo„ljallangan
musiqa asari (duet, trio, kvartet va hokazo).
Apparatli texnik vosita
– hisoblash texnikasiga bevosita o„rnatiladigan yoki
u bilan ma‟lum interfeys orqali bog„lanadigan qurilmalar.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |