“Musiqa va tasviriy san’at” kafedrasining
№ 9-sonli yig‘ilish bayonnomasi
Buxoro shahri 27.10.2022-yil
|
Qatnashdilar:
Kafedra mudiri phd Yarashev J.T, dotsentlar A,Shukurov, M.M. Badiyev, D.I. Ma’murova, katta o’qituvchilar R.N. Raximov, Sh. I.Ibadullayeva, o‘qituvchilar Z.Alayevalar, Sh. Shamsiyev, S.Gulov hamda texnik xodimlar.
|
Kun tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV va rektorat buyruqlarining kafedradagi ijrosi.
Ochiq darslar rejasi va ularning tasdiqlanganlkigi to’g’risida
Kafedra o’qitiladigan fanlarning adabiyotlar bilan to’liq ta’minlanganligi.
Turli masalalar
Mustaqil ta’lim haqida
Xonalar pasporti
Eshitildi:
1.Mazkur masala yuzasidan kafedra mudiri, J.T.Yarashev (Phd)so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV va Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktorat buyruqlarining kafedradagi ijrosi to’g’risida gapirib talabalarning darslarda qatnashishi, odob-axloqi, kiyinish madaniyati va umuman institut tartib qoidalariga amal qilishi haqida gapirib o’tdi. Bu masala yuzasidan boshqa fan o’qituvchilar ham o’z fikrlarini bildirishdi.Ayniqsa guruh rahbarlar R.Raximov, Z.Alayeva, Sh. Ibadulayevalar talabalarning tartib intizomi,darslarga qatnashishi, kiyinishi va hokazolar haqiqa yig’ilishga o’z fikrlarini aytdilar.
2.Mazkur masala yuzasidan kafedra mudiri J.T.Yarashev (Phd)so‘zga chiqib kafedraning barcha professor-o’qituvchilaridan o’tkazadigan ochiq darslarining rejasi ularning o’tkazilish sanasi hamda ochiq dars ishlanmalarini taxlashlari hamda ochiq darslar rejasini tuzdirib tasdiqlshlarini takidlab o’tdi.
3.Kafedrada o’qitiladigan fanlarning adabiyotlar bilan to’liq ta’minlanganligi masalasi yuzasidan kafedra o’qituvchisi Z.M.Alayeva so’zga chiqib “Barcha fanlar adabiyotlar bilan to’liq ta’minlangan hamda talabalar foydalanishi uchun har bir fan uchun adabiyotlarning elektron varianti va ularning QR kodlari ham shakllantirilgan, bulardan barcha talabalar birdek foydalanishlari mumkin “-ekanligini ta’kidlab o’tdi.
4. Turli masalalar.
4.1.Mustaqil ta’lim tashkil etish va o’tkazish bo’yicha mas’ul kafedra o’qituvchisi Sh.Shamsiyev kafedrada o’tiladigan barcha fanlardan kafedraning barcha professor-o’qituvchilari mustaqil ta’limni tashkil qilganliklarini hamda, hemis platformasida mustaqil ta’lim bo’yicha kontentlar shakllantirilganliklari aytib o’tdilar.
4.2.Kafedraga tegishli talabalar tahsil olayotgan xonalarning o’qishga yaroqli ekanligini hamda ularning parportini shakllantirish kerak ekanligini, shuningdek kafedraga tegishli o’quv xonalarini professor-o’qituvchilariga bo’lib berganliklarini aytib o’tildi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishlicha qaror qilinadi :
1.O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV va Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktorat buyruqlarining kafedradagi ijrosi bajarilsin.
2. Ochiq darslar rejasi va ularning tasdiqlanganlkigi to’g’risida kafedra mudiri J.T.Yarashevning keltirilgan ma’lumotlar qabul qilinsin
3. Kafedra o’qitiladigan fanlarning adabiyotlar bilan to’liq ta’minlanganligi masalasi yuzasidan kafedra o’qituvchisi Z.M.Alayevaning fikr mulohazalari bajarilishi ta’minlansin.
4.Turli masalalar
4.1. Mustaqil ta’lim tashkil etish va o’tkazish bo’yicha masalasi yuzasidan kafedra o’qituvchisi Sh.Shamsiyevning bildirgan fikr-mulohazalari ma’lumot o’rnida qabul qilinsin
4.2.Har bir professor o’ziga biriktirilgan xonalarning pasportini zudlik bilan shakllantirilsin
Yig‘ilish raisi: J.T. Yarashev
Yig‘ilish kotibi: R.N. Raximov
Do'stlaringiz bilan baham: |