Fanning maqsadi - musiqa fani bo`yicha dars mashg`ulotlaridan tashqari musiqa to`garaklarini tashkil etish va o`tkazish hamda o`zbek mumtoz qo`shiqchiligi, xor bilan ishlashda xor asarlarini moslashtirish hamda mashg`ulotlarini olib borish bo`yicha uslubiy ko`rsatma va tavsiyalarni taqdim etishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
musiqa tso`garaklarini tashkil etish bo`yicha nazariy bilimlarga ega bso`lish:
o`zbek mumtoz ashulachiligi maktabi xaqida nazariy va amaliy bilimlarni egallash:
mumtoz ashulachilik ijro namunalarini tushunish va ijro eta olish:
o`zbek mumtoz ashulachilarini yakka hamda jamoada kuylash tartib- qoidalarini so`rganish:
o`tmish mashur maqom maktabi vakillari ijro namunalarini asl xolida o`rganish va kuylash:
xor jamoasini tashkil qilish va ish olib borish:
xor uchun o`zbek, chet el kompazitorlari yozgan asarlarni qayta ishlash texnologiyalarini so`rganish va amalda qso`llash malakalarini egallashdan iborat.
Fanning vazifalari:
- musiqa tso`garaklarini tashkil etish bso`yicha nazariy bilimlarni berishda o`quv-adabiyotlardan foydalanish.
- so`zbek mumtoz qso`shiqchiligi nazariy va amaliy bilimlarni singdirish.
- mumtoz ashulachilik namunalarini kuylab berish orqali ijro malakalarini shakllantirish.
- xor jamoasini tashkil qilish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni singdirish.
- xor uchun yozilgan asarlarni ijro uchun moslashtirish kso`nikmalarini shakllantirish.
Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
Bakalavr:
- qo’shiqchilikdagi kuylash usullari «Gulbigi», «Binnigi», «Ishkambi» ijro maktabi haqidagi ma’lumotlarni, kuylashda yakka va guruhli kuylashning didaktik tamoyillarini va qonuniyatlarini bilishi haqidabilimlarga ega bo’lishi kerak; - turli maqomot maktabi ijro namunalarini ijro uchun tanlash, qo’shiqchilikda ovoz diapozoni - uni ijro qilish jarayonida duch keladigan fiziologik disfoniyani oldindan aniqlay olishi;
maqomot maktabi ijro namunalaridagi bir xillik va farqlarni o’rganish bilishi, ijro etishdako’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- talabalar tanlangan asarlarni to’g’ri qoidalar asosida kuylash, ovoz diapozoniga zid bo’lgan yuqori avj pardalarni to’g’ri ishlatish, xonandalar va maqom ansambli uchun repertuarni optimal tanlash va o’zi ijro eta olish;
- xorda kuylash jarayoni, xor repertuarlarini optimal tanlash, ovozlar xususiyatiga ko’ra asarlarni ajratib olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- talabalar xorida tanlangan asarlarni qoidalar asosida kuylash, ovozlar xususiyatiga ko’ra disfoniyaga yo’l qo’ymasdan ovozlar bilan alohida ishlash va xor jamoasiga rahbarlik qilib boshqara olish malaka va malakalariga ega bo’lishi kerak.