Prezident farmoni
I BOB Umumiy o’rta ta`limda tarbiyaning asosiy tizimlari
1.1Tarbiya jarayonining mohiyati
Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlatimiz rahbari. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak.
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bо‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini о‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish о‘sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan kо‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi о‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bо‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yо‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yо‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bо‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bо‘lsada, ammo yо‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga kо‘ra
yakdillikni ifoda etadi.Tarbiya xususida taniqli о‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bо‘lishi avlodlar tarbiyasiga kо‘p jihatdan bog‘liq.О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qо‘lga kiritgach,ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yо‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi о‘sib
kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. О‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari,chunonchi, «Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»,
«О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yо‘lga qо‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bо‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yо‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, histuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bо‘ladi.Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan tо‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bо‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini kо‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina
emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan о‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida
kechadi. Tarbiya jarayonida о‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham о‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qо‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun о‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi. U о‘quvchilar faoliyatini belgilaydi,
ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali о‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat о‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va о‘zini о‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola о‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bо‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yо‘lga qо‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada о‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bо‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bо‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – о‘quvchilikyillarida uning ongiga turli faoliyat (о‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, о‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bо‘lib qolishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi. Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim о‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bо‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta о‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning о‘zini-о‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim о‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi: Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yо‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
3.Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qо‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi lozim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi.
Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qо‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:
1. Tarbiya maqsadining aniqligi. О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiysiyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi kо‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga kо‘ra ijtimoiy tarbiyaning
asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bо‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |