O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi
“MUSIQA NAZARIYASI” fanidan
sessiya oralig‘i vazifalari
Variant № 20
TOSHKENT-2021
SESSIYA ORALIG‘I VAZIFASINI BAJARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
“Musiqa nazariyasi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 4 ta topshiriqdan iborat.
Topshiriqlarning javobi elektron shaklda, Microsoft Word dasturida tayyorlanadi. Matn shrifti “Times New Roman”, 14 o’lchamda, kirill yoki lotin alfavitida, qatorlar oralig’i 1,5 intervalda bo‘lishi lozim.
1-topshiriq bo‘yicha talaba 10 ta savolga aniq va lo‘nda javob bermog‘i lozim. Har bir savolga javob yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha bo‘lishi tavsiya etiladi.
2-topshiriqda talaba keltirib o‘tilgan mavzu bo‘yicha 10 ta test tuzishi kerak. Shu testlardan beshtasi murakkab test, beshtasi sodda test bo‘lishi kerak. Testlar mantiqiy to‘g‘ri tuzilganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
3-topshiriqda talaba berilgan topshiriqni yechishi hamda chalib berishi lozim. Topshiriq yozma tarzda bo`lishi kerak. Asarni chalish jarayonini video tasvirga olib joylash kerak.
4-topshiriqda talaba berilgan nomerni kuylab berishi lozim. Asarni kuylash jarayonini video tasvirga olib joylash kerak.
Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingach bir word hujjatga saqlanadi va 1 dan 3 gacha bo‘lgan tartibda topshiriqlar joylashtirib saqlanadi. Ishning titul varag‘ida OTM nomi, fakultet, ta’lim yo‘nalishi, ish muallifining F.I.Sh., ishni qabul qilib oluvi pedagogning F.I.Sh. ko‘rsatib o‘tiladi.
ESLATMA:
Topshiriqlarni bajarish jarayonida ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Ikkita va undan ortiq bir xil ishlar aniqlansa sessiya oralig‘i vazifalari bahоlanmaydi.
1-TOPSHIRIQ: Savollarga javob bering:
Tovush balandligi nimaga bog`liq?
Tovushning qanday uchta asosiy akustik xususiyati nimalardan kelib chiqadi?
Oktava deb nimaga aytiladi?
Tovushning qattiqligi nima?
Insonning vokal ovozi taxminan necha gerts atrofida bo`ladi?
Musiqaviy tuzilma tovushqatori nomini harfiy v abo`g`inli shaklda aytib bering
Hosila tovush qay holatda paydo bo`ladi?
Pauzaning ahamiyati nimadan iborat?
Garmonik majorda qaysi pog`ona o`zgaradi?
Nomdosh va parallel tonalliklar deb qanday tonalliklarga aytiladi?
2-TOPSHIRIQ: (a,b,c,d) variantlaridan iborat 5 ta test tuzing.
Mavzu: Engarmonik, nomdosh va parallel tonalliklar
Murakkab testga namuna:
Musiqa madaniyati darslarida ta`limiy o`yinlar nima uchun qo`llaniladu?
a) Guruh a`zolarini birlashtirish, hamfikr qilish, bir-birini qo`llab-quvvatlash maqsadida
b) O`yinlarni dars davomida yakka holda o`tkazish uchun
c) O`quvchilarni dastlabki jarayonda aniqlash uchun
d) Shaxs sifatlarini shakllantirish maqsadida
Sodda testga namuna:
1. Xor musiqasi janrini ko`rsating.
a)Oratoriya
b)Simfoniya
c)Sonata
d)Kontsert
3-TOPSHIRIQ: Berilgan topshiriqni bajarib suratga oling, chalish jarayonini videoga olib joylashtiring
А) “es” tovushidan tabiiy major, tabiiy minor, garmonik major , garmonik minor va melodik major, melodik minor gammalarini tuzing va chalib bering.
B) To`rtta bemolli major va minor tonalliklarini yozib bering
C) Engarmonik teng minor tonalliklarini yozing
D) “fis” tovushidan besh pog`onali (pentatonika) ladlarini tuzing va chalib bering
4-TOPSHIRIQ: Berilgan nomerni kuylab , chalish jarayonini videoga olib joylashtiring N.M.Laduxin (bir ovozlik solfedjio) № 46
Do'stlaringiz bilan baham: |