Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar uchun pedagogik texnologiyalar asosida uyga topshiriqlar berish Reja



Download 90,5 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi90,5 Kb.
#898362
  1   2   3
Bog'liq
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar uchun pedagogik texn


Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar uchun pedagogik texnologiyalar asosida uyga topshiriqlar berish
Reja



  1. 1-bob. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslari texnologiyasining mazmuni.

  2. 1. Boshlang‘ich sinf musiqa madaniyati darslarida musiqaviy faoliyat turlari

  3. 2. Maktabda musiqa ta’limining asosiy maqsadi



Musiqa madaniyati darslarini o‘tishda musiqiy faoliyat turlarini qo`llash uslublari
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limotining poydevori quriladi. Unda o‘zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasini nodir namunalari bilan tanishtirish, kompozitorlar va musiqa ijodkorlari, cholg‘u asboblari, nota yozuvlari haqidagi zarur bilimlarga ega bo‘lish bilan amalga oshiriladi. Mazkur bilim va malakalar yangi dastur asosida musiqa ta’limning o‘quv yili uchun aniq belgilangan yil chorak mavzulari asosida musiqa madaniyati dasrlarida 5 ta faoliyat turi.

  • Xor bo‘lib kuylash.

  • Musiqa savodi.

  • Musiqa tinglash.

  • Musiqaga mos xarakatlar bajarish

  • Bolalr cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish bilan amalaga oshiriladi.

Mazkur faolityalar negizida birinchi sinf o‘quvchilarini musiqaga faol qiziqtirish musiqa taassurotlarini tarkib toptirish va zaruriy musiqiy tajribalarni xosil etish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Natijada, bolalarda musiqiy didni shakllantirib, musiqani san’at sifatida ahloqiy estetik jihatdan ongli idrok etishga tayyorlash ko‘zda tutiladi. Musiqa madaniyati darsida qo‘llanadigan har bir musiqiy faoliyat turi darsning ajralmas mantiqiy bo‘lagi bo‘lib, aniq maqsadga qaratilmog‘i lozim.
Xor bo‘lib kuylash. Bolalarni musiqiy o‘quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. bunda, o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish, ko‘p jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiqni, o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berishga bog‘liq. Chunki, yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko‘pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish ish olib borishi kerak.
Vokal-xor isharini amalga oshirishda o‘qituvchi ovoz-sozlash, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning primar tovushlarini kuylash uchun qulay (sol-lya) ishchi diapozioni (mi-si), ovoz diapozoni (re-si) aniq bo’lishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi.

  • Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish.

  • Qo‘shiq haqidagi o‘qituvchining kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlari, hayotiy ahamiyati, xarakteri, qo‘shiq ijrosi).

  • Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari ladi, xarakteri mazmunini suhbat yo‘li bilan belgilash).

  • Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (to‘g‘ri nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).

  • Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi bolalar tasurotlari yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish ya’ni umumlashtirish).

Yuqorida bayon, etilgan qo‘shiq o‘rgatish bosqichlarini, qo‘shiq mazmuni, mavzusiga qarab, istagan bosqichdan boshalash, mumkin. Asosiy maqsad o‘quvchilarni, qo‘shiqqa ko‘proq qiziqtira olish ularda mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish. O‘quvchilarga qo‘shiq o‘rgatish metodlari esa quyidagilardan iborat.
“Oldinga o‘tib ketish va orqaga qaytish” metodi. Qo‘shiqni oldingi darslarda bolalarga eshittirib o‘rganishga tayyorlab boriladi, so‘ngra ma’lum vaqt o‘tkazib qo‘shiq o‘rgatiladi. Bu vaqti-vaqti bilan qo‘llanib boriladi.
Og‘zaki metodlar. Hikoya, suhbat orqali o‘quvchilarni qo‘shiq kuylashga qiziqtirish.
Ko‘rgazmali metod. Qo‘shiqni ifodali qilib ijro etish, rasmlar, grafik chiziqlar, plakatlar, texnika vositalaridan foydalanish.
Amaliy metod. Vokal xor malakalarini shakllantirish, musiqa ifoda vositalaridan ongli ravishda, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi.

O‘yin metodi. Qo‘shiqni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolish, ritmini his etish uchun, qadam tashlash, chapak chalish, turli raqs harakatlari, o‘yinlar bajarilib, olingan bilim va malakalar mustahkamlanadi.



Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish