Aqliy hujum. Darsning qiziqarli bo`lishini ta`minlash maqsadida noan`anaviy ta`lim metodlarining turli xil usullaridan foydalanish mumkin.
Nima uchun xalq cholg`u asboblari deyiladi?
Xalq cholg`u asboblariga qaysi cholg`ular kiradi?
O`lchov nima? U qanday vazifani bajaradi?
Savol – javob:
Ajam kuyi xarakteri qanaqa?
Ajam kuyi qaysi cholg`ular jo`rligida ijro qilingan?
Ajam so`zining lug`aviy ma`nosi nima?
Doira, nog`ora qaysi cholg`ular guruhiga kiradi?
Tanbur, dutor va ruboblar qaysi cholg`u asboblari guruhiga mansub?
Nay, surnay va qo`shnay qaysi cholg`ular guruhiga kiraddi?
Klaster usuli:
Bu usulni qo`llaganda “O`zbek xalq cholg`ulari” “kalit” so`z hisoblanadi va doskaga yoziladi. Klaster usulida o`zbek xalq cholg`u asboblari to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi va guruhlar bo`yicha tartibga solib boriladi. Dars oxirida o`tilgan mavzu yuzasidan uyga vazifa topshiriladi.
Xulosa
Natijalar tajriba – sinov boshlangungacha bo`lgan davrda o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilim, ko`nikma, malakalri, demakki musiqa madaniyatining shakllanganlik darajasi ancha past ekanligini ko`rsatdi.
Shundan so`ng tajriba – sinov ishlarimizni olib borish uchun tanlangan tajriba guruhlarida (sinflarda) o`zimiz uchun maqbul deb topilgan texnologiyalar asosida musiqa mashg`ulotlarini olib borishga kirishdik. Eng avvalo, pedagogik texnologiyalar mohiyati, uning ta`lim jarayoniga kirib kelishi, qo`llanilishi haqida turkum suhbatlar o`tkazdik. Shundan so`ng musiqa tinglash, musiqaga xos harakatlar bajarish, musiqa savodi, qo`shiq kuylash faoliyatlari uchun maxsus tanlangan texnologiyalarning qisqa variantlarini qo`llagan holda o`quvchilarning darsga faolligini, o`zini erkin tutuish, muloqotga kirishishlarining faol ishtirokchisiga (vazifa, topshiriqlarni bajarish) aylantirishga harakat qildik. Biz ilg`or texnologiyalarni tadbiq etishda jonli suhbat, amaliy ijro, namoyish etish, o`quvchilarga mustaqil topshiriqlar berish, ularning javoblari va darsga qatnashishlarini rag`batlantirib borish bilan birgalikda olib bordik. O`quvchilarga dars mavzulari bo`yicha qo`shimcha manbaalarni o`qish, o`z ustida ishlash, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga faol qatnashish tavsiya qilinadi.
Bu o`rinda musiqani diqqat bilan tinglash, turli savollarga javob berish, ijro etib ko`rsatish, tahlil qilish kabi uslublardan o`rinli foydalanildi.
Tadqiqot jarayonida o`quvchilarni musiqa san`atiga qiziqishini kuchaytirish, darslarda faol ishtirokini ta`minlash va o`z ustida ishlashlariga alohida ahamiyat berildi.
Qo`llanilayotgan pedagogik texnologiyalarni qiziqarli, ixcham, bolalarni yosh va individual xususiyatlariga mosligiga e`tibor berildi.
Darslarda o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, musobaqa tarzida tshkil etishga intildik.
Ko`proq “o`yin” shaklidagi texnologiyalarga o`rin berildi.
Kuy va qo`shiq namunalarini tinglash, kuylashda uning milliy ijrochilik uslublariga amal qilish, qaysi mahalliy ijrochilik uslubiga tegishliligi, mualliflari, mohir ijrochilari haqida bilimlar nazarda tutuildi.
Repertuarning rang – barangligi, nazariy ma`lumotlarni, amaliy vazifalarni bajarish bilan bog`liq holda tushuntirish, ko`rsatib berish kabilar diqqat markazimizda bo`ldi.
O`quvchilarni maktabda o`tadigan turli madaniy ommaviy tadbirlarga konsertlarga jalb qilishga harakat qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |