Ton va yarim ton
Oq parda, qora parda, Ikki qo‘shni pardaning
Har birining sharhi bor Oralig‘i yarim ton.
Oqu qora o‘rtasi, Ikki yarim tonlikdan
Yarim tonga farqi bor. Tashkil topadi bir ton.
Alterasiya belgilari
Tovush o‘z pardasidan Sen tovushni yuqori
Ba‘zan yarim ton tushar. Ko‘tarsang yarim tonga, Uning belgisi bemol Diyez bo‘lar belgisi,
Olti soniga o‘xshar. Tovush moslashar unga
Maxsus belgi – bekar-chi,
Bu holni o‘zgartirar. O‘zgargan tovushlarni O‘z joyiga qaytarar.
Musiqa madaniyati darslarida faoliyatlar ketma-ketligiga amal qilish uslublari.
Bundan o‘n yil oldingi davrda yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan bugungi kundagi bu masalaga tegishli munosabat o‘ratasida katta farq borligi hyech kimga sir emas. Shuning uchun ham tarbiyaning aniq maqsadini belgilab olish pedagogikaning birinchi masalalaridan hisoblanadi. Yosh avlodni qanday ruhda tarbiyalash tarbiyasi maqsadi muammosini hal qilish bilan belgilanadi. Tarbiyaviy ijtimoiy hayotning hayotiy va uzluksiz tushunchasi hisoblanadi, u tarixiy xarakterga ega bo‘lib kelgan. Qadimgi Gresiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi – o‘sib kelayotgan yosh avlodda yaxshi fazilatga ega fuqaroni, vatanparvarlikni, jasurlikni, sadoqatli, do‘stlikni rivojlantirish bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari bu yo‘nalishda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu davr buyuk mutafakkirlarning dunyoga keltirgan. Yoshlarimizni tarbiyalashda birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari, dasturamal bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Mustaqillik sharofati bilan erkinlikka erishdek, boy ma‘naviy qadriyat va an‘analarimiz qayta tiklandi. Hammamiz azaldan orzu qilgan kunlarda yetdik. O‘zbekistonning ertangi kuni ravnaqi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy kelishi albatta bugungi kun yoshlariga bog‘liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilimlar berish ularni har tomonlama yetuk ma‘naviyatli qilib tarbiyalash lozim. Hozirgi zamon ta‘lim – tarbiya konsepsiyasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida taraqqiy topib bormoqda. Bu «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»,
«Talim» to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatib o‘tkazilgan. Ushbu qonunlar lisey tajribasining tahlili va ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy madaniyatga ijodiy va ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan istiqlol vazifalarini ilgari so‘rash va hal etishga qodir maqsadlarning yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Milliy dasturning maqsadi ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va salohiyatlardan to‘la xolos etish rivojlangan, demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviyat va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tuzilishini yaratishdir
Do'stlaringiz bilan baham: |