1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi
|
Tayanch kompetensiyalar:
K ommunikativ kompetensiya
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
U mummadaniy kompetensiyasi
M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
|
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.
|
2
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
7
|
3
|
O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.
|
10
|
4
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.
|
8
|
5
|
Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.
|
8
|
6
|
Jamoa bo’lib kuylash
|
7
|
7
|
Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish
|
3
|
Darsning ta’limiy maqsadi: Sharq allomalari haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ijodiy mahorat nafosat va badiiy didni o’stirish, fikr doirasini kengaytirish, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Sharq allomalari yaratgan musiqalarini tinglash orqali o’quvchilarning musiqiy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari savol-javob, hikoya “Klaster”.
Darsning jihozi va o’quv uslubiy ta’minoti: Fortepiano cholg’i asbobi, reja, konspekt, darslik, tarqatma materiallar, kartochkalar, nota yozuvlari, audio SD disk yozuvlari.
Darsning blok chizmasi:
Darsning borishi: “Aql charhi” o’yini o’tkaziladi. Bunda o’tgan darsda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga bittadan og’zaki savollar beriladi.O’quvchilar qisqa vaqt ichida tez va aniq javob berishi orqali, uyga vazifani va o’tilgan mavzularni mustaxkamlaydilar.
Quyida o’quvchilar uchun beriladigan savollardan namunalar keltirilgan.
1. Xorazm mumtoz musiqasi deganda nimani tushunasiz? (maqom, maqom yo’llarida yaratilgan kuy va ashula(“Suvora”, “Naqsh”, “Faryod”), doston ijrochiligi)
2. Sharq allomalaridan kimlarni bilasiz?
3. Samarqand shahridan “O’rta asr allomalardan kimlarni bilasiz”?
4. Doston ijrochilari qanday nom bilan yuritiladi? (baxshi, Bolabaxshi)
5. Sharq allomalari musiqalari ijrochiligiga xos cholg’ular qaysilar?(tor, g’ijjak, qo’shnay, tanbur, dutor, surnay, doira)
6. Sharq allomalari musiqasining ustozlaridan kimlarni bilasiz? (Madraxim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov)
7. Sharq allomalari musiqasi qanday janrlarga bo’linadi? (maqom, maqom yo’lida yaratilgan kuy va ashulalar, dostonlar )
8. ”Bolabaxshi” lar kimlar? va xakazo. (doston ijrochilari)
“Topqirlik ” mashqi o’tkaziladi bunda o’quvchilarga oldingi darslarda tinglagan musiqiy asarlardan namunalar eshittiriladi. O’quvchilar tezlik bilan qanday musiqa ekanligini topishlari zarur. Faol qatnashgan o’quvchilarga rag’batlantiruvchi kartochkalar beriladi.
Yangi mavzu: Sharq allomalari musiqa haqida, shahri va viloyati hududlarida qaror topgan musiqiy an’analarning
majmuidir. Bunda xalq musiqasiga oid kuy, terma, lapar, yalla, qo‘shiq,
ashula kabi aytim janrlari, shuningdek, dostonchilik, ashulachilik,
maqomchilik kabi musiqa an’analari o‘z aksini topgan.
Mavzu rejasi:1. Sharq allomalari musiqa haqida
2. Sharq allomalari va mutaffakirlari
3. O’rta asrlarda sharq allomalari.
Mazkur mavzuni “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalangan xolda darsni tashkil etish mumukin.
-O’quvchilar 3 guruhga bo’linib, 1-guruh rejaning birinchi savolini; 2-guruh rejaning 2-savolini; 3-guruh rejaning 3-savolini ochishga harakat qiladilar.
-O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular (rejalar) bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini berib vaqt belgilaydi.
-Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma ko’rinishda ifoda etadilar.
-Tarqatma material to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qilib, tayyorlangan materialni doskaga “Zina” (tagma-tag) shaklida o’rnatib chiqadilar.
-O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, mavzuni mustahkamlaydi.
Sharq allomalari musiqasini o’rganish o’zining asrlar davomida shakllangan an’analari, maxalliy urf odatlari, dostonchilik san’ati bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqa janri asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Ularga mehnat aytimlari mavsumiy va marosim qo’shiqlari va baxshilar san’ati kiradi.
Musiqa tinglash I.S.Bax asarlaridan namunalar tinglash.
Tinglash madanyatini o’rganish. O’zbek xalq kuylaridan “Samoi dugoh” o’quvchilar bilan kuyni tahlil qilish va harakteri haqida fikr yuritib unga baho berish.
Jamoa bo’lib kuylash “Keng Turkiston” P. Mo’min she’ri, N. Norxo’jayev musiqasi. Faoliyatini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlari o’tkaziladi. Bunda mashq qo’shiqning musiqiy matnlaridan olinishi yoki musiqiy iboralardan olingan bo’lishi mumkin.
Musiqa savodi: Abu Nasir Farobiy musiqa haqida.
O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog’liq. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitgani tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, “Al-muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy 873 yilda turkiy qabilalardan bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg’og’idagi Forob – O’tror degan joyda tug’ilgan. U tug’ilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan.
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.
1. Sharq allomalari ijro uslubi qanday.
2. “Keng Turkuston” qo‘shig‘ining ohang — pardalarida mavjud yarim
ton va butun ton oraliq tovushlarni aniqlang.
3. Qo‘shiqning naqaroti va uch band she’rini yod oling.
4. Quyidagi nota cho‘zimlarining o‘lchov sanog‘ini aniqlang hamda
ularni chapak vositasida (hisobga mutanosib) ifoda eting:
O’qituvchi: Aziz bolajonlar mana bugungi darsimizni ham yakunladik, hozir har bir guruhning to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblab chiqamiz. Qaysi guruh ko’p to’plagan bo’lsa usha guruh g’olib deb topiladi. Hammangiz bugungi darsda faol qatnashganingiz uchun rahmat.
VI bosqich
Uyga vazifa Sharq allomalari mavzusini o’qib, o’rganib kelish, qo’shiqni takror avtib, nota yozuvi ustida ishlab, qo’shiq matnini yaxshilab o’rganib kelish topshiriladi
O’qituvchi: Xayr sog’- omon bo’ling.
O’quvchilar: Ustoz siz ham sog’ bo’ling,
Baxtimizga bor bo’ling.
O’qituvchi: Good bye my dear poople
O’quvchilar: Good bye.
“Dars o`tishga ruxsat etildi” O`TIBDO`: __________________
Musiqa darsi 7-sinf
Sinf __ “__”__ “__” Sana “___” ________________ Dars soati: __
Darsning mavzusi: Jahon musiqasi rivojining asosiy bosqichlari.
Dars soati: 1
Mavzuning qisqacha mazmuni: “Jahon musiqasi rivojining asosiy bosqichlari”
Texnologik xaritasi
Maqsad
vazifalar.
|
Maqsad:
Ta`limiy: o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish.
Tarbiyaviy: milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish.
Rivojlantiruvchi: o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatish
Vazifalar:- Musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
|
O’quv jarayoning mazmuni
|
O‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi
|
Uslub: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari, hikoya, suhbat, savol-javob, “Klaster”,
Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish o’yg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O’quvchi: Musiqa haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqyealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma’lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.
O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.
|
Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
|
Fanga oid kompetensiyalar:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |