1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi
2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi
3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi
|
Tayanch kompetensiyalar:
K ommunikativ kompetensiya
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
U mummadaniy kompetensiyasi
M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
|
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.
|
2
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
7
|
3
|
O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.
|
10
|
4
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.
|
8
|
5
|
Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.
|
8
|
6
|
Jamoa bo’lib kuylash
|
7
|
7
|
Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish
|
3
|
Darsning ta’limiy maqsadi: Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ijodiy mahorat nafosat va badiiy didni o’stirish, fikr doirasini kengaytirish, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati haqida musiqalarini tinglash orqali o’quvchilarning musiqiy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari savol-javob, hikoya “Klaster”.
Darsning jihozi va o’quv uslubiy ta’minoti: Fortepiano cholg’i asbobi, reja, konspekt, tarqatma materiallar, kartochkalar, nota yozuvlari, audio CD disk yozuvlari.
Darsning blok chizmasi:
Darsning borishi: “Aql charhi” o’yini o’tkaziladi. Bunda o’tgan darsda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga bittadan og’zaki savollar beriladi.O’quvchilar qisqa vaqt ichida tez va aniq javob berishi orqali, uyga vazifani va o’tilgan mavzularni mustaxkamlaydilar.
Quyida o’quvchilar uchun beriladigan savollardan namunalar keltirilgan.
1. Teatr san’ati va konsert ijrochilik deganda nimani tushunasiz? (maqom, maqom yo’llarida yaratilgan kuy va ashula(“Suvora”, “Naqsh”, “Faryod”), doston ijrochiligi)
2. Sharq allomalaridan kimlarni bilasiz?
3. Samarqand shahridan “O’rta asr allomalardan kimlarni bilasiz”?
4. Doston ijrochilari qanday nom bilan yuritiladi? (baxshi, Bolabaxshi)
5. Teatr san’ati va konsert ijrochiligiga xos cholg’ular qaysilar?(tor, g’ijjak, qo’shnay, tanbur, dutor, surnay, doira)
6. Teatr san’ati va konsert ijrochilik ustozlaridan kimlarni bilasiz? (Madraxim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov)
7. Teatr san’ati va konsert ijrochilik qanday janrlarga bo’linadi? (maqom, maqom yo’lida yaratilgan kuy va ashulalar, dostonlar )
“Topqirlik ” mashqi o’tkaziladi bunda o’quvchilarga oldingi darslarda tinglagan musiqiy asarlardan namunalar eshittiriladi. O’quvchilar tezlik bilan qanday musiqa ekanligini topishlari zarur. Faol qatnashgan o’quvchilarga rag’batlantiruvchi kartochkalar beriladi.
Yangi mavzu: Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati Bunda xalq musiqasiga oid kuy, terma, lapar, yalla, qo‘shiq,
ashula kabi aytim janrlari, shuningdek, dostonchilik, ashulachilik,
maqomchilik kabi musiqa an’analari o‘z aksini topgan.
Mavzu rejasi:1. Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati
2. Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati
Mazkur mavzuni “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalangan xolda darsni tashkil etish mumukin.
-O’quvchilar 3 guruhga bo’linib, 1-guruh rejaning birinchi savolini; 2-guruh rejaning 2-savolini; 3-guruh rejaning 3-savolini ochishga harakat qiladilar.
-O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular (rejalar) bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini berib vaqt belgilaydi.
-Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma ko’rinishda ifoda etadilar.
-Tarqatma material to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qilib, tayyorlangan materialni doskaga “Zina” (tagma-tag) shaklida o’rnatib chiqadilar.
-O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, mavzuni mustahkamlaydi.
Teatr san’ati va konsert ijrochilikni o’rganish o’zining asrlar davomida shakllangan an’analari, maxalliy urf odatlari, dostonchilik san’ati bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqa janri asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Ularga mehnat aytimlari mavsumiy va marosim qo’shiqlari va baxshilar san’ati kiradi.
Musiqa tinglash Yangi yaratilgan spiktakldan na’munalar tinglash “Mavlon ota qo’shig’i” N.Narzullayev she’ri F.Alimov musiqasi shu bilan bir qatorda o’quvchilarni musiqiy qobliyatini oshirish.
Jamoa bo’lib kuylash “Ustozlarim” S.O’rinova she’ri, N.Rahimov musiqasi. Faoliyatini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlari o’tkaziladi. Bunda mashq qo’shiqning musiqiy matnlaridan olinishi yoki musiqiy iboralardan olingan bo’lishi mumkin. Qo’shiqninbg mazmunini o’quvchialr bilan suhbat o’tkazib qo’shiqning mavzusi, janri, harakteri, o’lchovi, drejorlik sxemalarini aniqlash.
Musiqa savodi: “Boysun” folklyor ansambli haqida
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.
1. Televidenie va kino musiqasi uslubi qanday.
2. Toshkent shahrim» qo‘shig‘ining ohang — pardalarida mavjud yarim
ton va butun ton oraliq tovushlarni aniqlang.
3. Qo‘shiqning naqaroti va uch band she’rini yod oling.
4. Quyidagi nota cho‘zimlarining o‘lchov sanog‘ini aniqlang hamda
ularni chapak vositasida (hisobga mutanosib) ifoda eting:
O’qituvchi: Aziz bolajonlar mana bugungi darsimizni ham yakunladik, hozir har bir guruhning to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblab chiqamiz. Qaysi guruh ko’p to’plagan bo’lsa usha guruh g’olib deb topiladi. Hammangiz bugungi darsda faol qatnashganingiz uchun rahmat.
VI bosqich
Uyga vazifa “Teatr san’ati va konsert ijrochilik faoliyati” mavzusini o’qib, o’rganib kelish, qo’shiqni takror avtib, nota yozuvi ustida ishlab, qo’shiq matnini yaxshilab o’rganib kelish topshiriladi
O’qituvchi: Xayr sog’- omon bo’ling.
O’quvchilar: Ustoz siz ham sog’ bo’ling,
Baxtimizga bor bo’ling.
O’qituvchi: Good bye my dear poople
O’quvchilar: Good bye.
“Dars o`tishga ruxsat etildi” O`TIBDO`: __________________
Musiqa darsi 7-sinf
Sinf __ “__”__ “__” Sana “___” ________________ Dars soati: __
Darsning mavzusi: Televidenie va kino musiqasi haqida.
Dars soati: 1
Mavzuning qisqacha mazmuni: “Televidenie va kinomusiqasi haqida”
Maqsad
vazifalar.
|
Maqsad:
Ta`limiy: o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish.
Tarbiyaviy: milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish.
Rivojlantiruvchi: o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatish
Vazifalar:- Musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
|
O’quv jarayoning mazmuni
|
O‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi
|
Uslub: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari, hikoya, suhbat, savol-javob, “Klaster”,
Shakl: Suhbat-munozara, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, notalar yoki audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg’u asbobi, rag’batlantiruvchi kartochkalar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’barlantirish. 5 balli tizim asosida baholash.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: Mavzuni berilgan vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish. O’quvchilar faolligini oshirish. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish o’yg’otish. Dars jarayonida ko’proq o’quvchini baholashga erishish. Savol-javoblarga qatnashib, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O’quvchi: Musiqa haqida bilimlar egallaydi, yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirib, darsda qo’llash, o’z ustida ishlash, mavzuni xayotiy voqyealar bilan bog’lash, pedagogik mahoratini oshirish, ko’proq qo’shimcha ma’lumotlar berib, o’quvchilarni madaniy saviyasini oshirishga erishish.
O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzuga asoslanib qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Fikri va guruh fikrini tahlil qilib, mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi. Musiqiy bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.
|
Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
|
Fanga oid kompetensiyalar:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |