Ritm tuyg’usini rivojlantirish o’yini
“Quvnoq bolalar”
O’yin materiali: Bolalar cholg’u asboblari baraban, metallafon, shaqildoq.
Bolalar baraban chalinganda ayiq polvonli yurishini, metallafon chalinganda quyonlarni sakrashini, shaqildoq chalinganda qushlarni uchishini harakatda ko’rsatishlari kerak.
O’yinnni borishi: Bolalar cholg’uchini tanlashadi. Ҳamma davra olib turadi. O’rtada stol ustida bolalar cholg’u asboblari baraban, metallafon, shaqildoq turadi.
Cholg’uchi bola xoxlagan cholg’u asboblarida navbatma-navbat chalganda, davrada turgan bolalar shu cholg’u asboblariga mos harakatlarni ijro etishadi. O’yin tugaganda, boshqa cholg’uchi tanlanadi. O’yin shu tarzda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |