MUSHAK TO`QIMASI (TEXTUS MUSCULARIS)
Mushak to`qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funktsiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli cho`ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.
Tuzilishi va bajarayotgan funktsiyasiga ko`ra silliq, ko`ndalang-targ`il (skelet), yurak mushagi va ba’zi a’zodarda uchrovchi maxsus mushak to`qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to`qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga ko`ra turlichadir. Ko`ndalang-targ`il yurak mushagi hamda maxsus mushak to`qima – mioepitelial hujayralar (ter, sut va so`lak bezlarida uchrovchi hujayralar), ko`zning siliar va qorachig` mushaklari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida keltirilgan.
SILLIQ MUSHAK TO’QIMASI
Silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq mushak ko`pgina ichki organlar – me’da-ichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq mushak tuzilishi hamda funktsiyasi bo`yicha ko`ndalang-targ`il mushakdan qancha farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi ixtnyoriga bo`ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega bo`lib, cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. Hujayraning o`lchamlari turlicha bo`ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. To`qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi
A – ichak devorining silliq mushak qavati, B – alohida ajratilgan silliq mushak hujayralari (oddiy mikroskop ostida ko`rinishi).1 – mushak qavatining bo`ylama kesimi; 2 – mushak qavatining ko`ndalang kesimi; 3 -silliq mushak hujayra; 4 – hujayra yadrosi; 5 – mushak hujayralari orasidagi biriktiruvchi to`qima; 6 – qon tomir.
V, G -silliq mushak hujayrasining bo`shashgan (V) va qisqargan (G) holati (elektron mikroskopda ko`rinishi). (A.Xem, D.Kormakdan, 1982). 1 – sarkolemma (plazmolemma); 2 – yadro; 3 – yadro teshiklari; 4 – Golji kompleksi; 5 – miofibrillalar; 6 – zich tanacha; 7 -ribosoma va polisomalar; 8 – mikropinotsitoz pufakchalar; 9 – mitoxondriyalar.
Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi.
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi.
Yadro; 2 – sitoplazma; 3 – hujayra atrofidagi kollagen tolalar.
Yadro va organellalar hujayraning t r o f i k a p p a r a t i n i tashkil etadi. Silliq mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho`ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega (90, 91-rasmlar). Yadroning shakli qissarish paytida o`zgaradi. Unda ko`p hollarda ikkita yoki undan ko`proq yadrocha bo`ladi. Yadro yonida sust rizojlangan plastinkasnmon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi.
Yer – Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
Mushak hujayrasida endoplazmatik to`r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho`ziq, oz miqdorda bo`lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko`proq bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko`ndalang-targ`il mushaklardagiga nisbatan kam.
Miofibrillalar mushak hujayrasining q i s q a r u v c h I a p p a r a t i n i tashkil etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo`lgan ko`ndalang-targ`illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar ‘shaklida ko`rinadi. Elsktron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi bo`yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo`ylama joylashgan submikroskopik protofibrillalar mavjud bo`lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: a k t i n va m i o z i n . Miozin protofibrillalar diametri 17 nm ga teng bo`lib, yo`g`on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgak holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo`yi bo`yicha joylashgan bo`lib mushak qisqarganda o`z joylashishini uzgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko`ndalang-targ`illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o`zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Sil-liq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktinin oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o`rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mikroskopda to`q dog` shakliga ega. Zich tana-chalar ko`ndalang-targ`il mushak tolasining Z plastinkasida uchrovchi aktinin tutgani uchun, bu tanachalarni Z plastinkaning analogi deb taxmin qilish mumkin, lekin ular betartib joylashtan. Mushak qisqarish jarayonida xuddi ko`ndalang-targ`il mushakdagi singari aktin va miozinning o`zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga (sitolemmaga) o`tadi, natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi.
Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib, ular ko`ndalang-targ`il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o`zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo`lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar ko`ndalang-targ`il mushakning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kaltsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o`rin tutadi.
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish – neksuslar uchrab ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishinn ta’minlaydi. Bazal membranaga biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu biriktiruvchi to`qima sarkolemma bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.
Silliq mushak to`qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega, Qon tomirlar to`qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi birikti-ruvchi to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi.
Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to`qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo`layotgan mushak hujayralari dastlab o`simtalarga ega bo`lib, uning yordamida o`zaro bog`lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo`lishi differensiallanish boshlanganligining belgisi bo`lib xizmat qiladi. Keyinchalik silliq mushak hujayralari o`simtalarini yo`qotib, duksimon shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning uzun yo`nalishi bo`y-lab tartibli ravishda joylasha boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak hujairalarining mitoz yo`li bilan bo`linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko`payishini qon tomirlarning o`sishi va tiklanishi jarayonlarida ko`rish mumkin. Tajribada yirik arteriya bog`lab qo`yilgan hollarda qon aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil bo`lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo`ladi. Silliq mushak hujayra-larining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
KUNDALANG-TARG’IL MUSHAK TO’QIMASI
Ko`ndalang- targ`il mushak to`qimasi skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining ba’zi a’zolari (til, tanglay, qizilo`ngach bir qismi) mushaklarini, ko`z mushaklarini, mimik va nafas olish mushaklarini hosil qiladi. Yurak mushagi ko`ndalang-targil mushak to`qimasining maxsus turi bo`lib, u haqda quyida maxsus fikrlar bayoni bor.
Ko`ndalang-targ`il mushak tolalarining tuzilishi. Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi tolalardan iborat bo`lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mkm gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko`ndalang-targ`il mushak tolalari simplastik tuzilmalar deb ataladi. Ular uzun silindrik tuzilmalar bo`lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda – sarkolemma bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada, sarkolemma ostida joylashadi (92-rasm, a). Mushak tolalari mitoxondriyalarga boy bo`lib, ular miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi ancha yuqori bo`lsa (qisqarish tezligi qancha katta bo`lsa), mushak tolasida sarkosomalar (mitoxondriyalar) shunchalik ko`p bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |