Noming o`chsin, urush! Shoirning urush yillari nashr etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida bo‘layotgan urushning butun dahshati ro‘yi rost tasvirlangandi. O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa Jalil jangchilar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borar, front gazetalarida harbiy muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy asarlari bilan faol ishtirok etardi. 1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‘yida kechayotgan shiddatli janglar paytida Musa Jalil og‘ir yaralanadi va asir tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |