Murtazo Qarshiboy. O’nglanmagan taqdir talqini & Murod Muhammad Do’st. Lolazor



Download 256,16 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2022
Hajmi256,16 Kb.
#589858
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murtazo Qarshiboy

Keyingi Yaxshiboyevning ishlari – to‘qigan latifalari go‘yo o‘zining mana shu ahvoli uchun olingan o‘chday. Buni u o‘zi anglab-anglamay, g‘ayrishuuriy tarzda qiladi. Oshnoga ahyon-ahyonda tashlanib qolishi, xotinga masxara darajasida munosabatda bo‘lish (“ – Uyat! – dedi Yaxshiboyev ovozini gulduratib. – Ilg‘or xotin-qizsiz, necha marta aytganman sizga, xudoni hadeb tilga olavermang, deb”), kattaroq qurbon talab qilinganida yodiga birinchi bo‘lib Aleksandr Shoymardonov kelgani-yu “yangamullo” – Muyassar xonim bilan so‘nggi yuzma-yuz olishuvigacha, aslida, mana shu – olinmay qolgan qasosning, ular ixtiyorida qolib ketgan, o‘yinchoq bo‘lgan taqdirning alamidan edi. Hatto, yangi zamonning olifta yosh yozuvchilariga munosabatu muomalasida ham o‘zining oyoq artiladigan lattaga aylantirilgan iste’dodi, qog‘ozga ko‘chmay qolgan armonlari – yozilmay ko‘milgan asarlari uchun pushaymonlik tuyg‘usi mana-man deb turibdi. Garchi manov gapni Oshnoga aytyapti, aslida esa bular uning o‘ziga, tushib qolgan ahvoliga nisbatan hukmi xulosasidir:
Nedir kamayadi, oshna, nedir but bo‘ladi, ya’niki, kamaytirib, keyin but bo‘ladi..”
E’tibor bersak, Yaxshiboyevning ko‘ngil qiynoqlari, jon berishni istamagan tuyg‘ulari yo‘lidagi iztiroblari oldida uning jismoniy o‘limi arzimagan narsaga aylanib qoladi.
Yaxshiboyev o‘limning o‘zidan emas, ham ruhiy, ham jismoniy o‘limning bir paytga to‘g‘ri kelayotganidan asabiylashadi, taqdirning bu qadar shafqatsizligi, uningcha, g‘irromligidan qon bo‘ladi. Hatto, kasalxonadagi alohida tartib, e’tibor, qo‘rquv aralash hurmat ham Yaxshiboyevga Oliya uchun – ko‘ngil uchun to‘langan tovonning qolgan-qutganiday, navbatdagi xo‘rlovning ko‘rinishlariday ta’sir qiladi. Derazaga qo‘yilgan, “oq nilufar” ataladigan gul garchi “ancha uzoqda, toza suvli vazada tursa-da, dimog‘ida botqoq hidini tuyganday bo‘laveradi”. O‘zining umri ham yuzadan xuddi shu gulday – shapaloqday yashil barglar ustida ochilib, o‘zgalarning havasini keltiradi, ostida bo‘lsa, ildiz botqoqqa botgan, birorta tikoni, dastga kirguday mustahkam tanasi yo‘q. Ilonnikiday silliq, egiluvchan, nurdan bebahra, qo‘l teksa jirkantiradigan silliq tana. Ko‘ngilda bo‘lsa nuqul qarg‘alar qag‘illaydi, 
Download 256,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish