Murtazayev saidmurodxon saidaloyevich murtazayev saidalo murtazayevich bolalar fakultet terapevtik



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/103
Sana29.01.2022
Hajmi2,86 Mb.
#415716
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
 
Tish emali sistemali gipoplaziyasining egatchali shakli. 
Emal nuqsonining bu turi uchun bir xil davrda shakllanib oxaklangan tishlar emal 
qavatida bir devorli yoki ikki devorli egatchalar mavjudligi xususiy xol xisoblanadi. 
Agarda egatcha tishlarning kesuvchi qirrasida yoki chaynov do`mboqchalarida 
joylashgan bo`lsa, unda u bir devorli (yuqori yoki pastki), bu esa tishning qaysi jag`da 
joylashganligiga bog`liq. Bunda tish kesuvchi qirrasining yoki do`mboqchasining 
yupqalashishi hisobiga bir (kattaroq) tish ichidan ikkinchi (maydaroq) tish o`sib 
chiqayotgandek bo`lib tuyuladi. Bu esa o`z navbatida emal shakllanishi u boshlangan 
vaqtdan boshlab buzilgan, chunki tishlarda emal kurak tishlarda kesuvchi qirralardan 
o`z shakllanishini boshlaydi, chaynov tishlarda esa ularning do`mboqchalaridan 
boshlaydi.
Egatcha shaklidagi emal nuqsonlari chaynov qirralarida ma’lum masofada 
joylashgan bo`lsa, ularda ikki devori va tubi farqlanadi (yuqori devor, pastki devor). 
Sistemali emal gipoplaziyasida egatchalar gorizontal yo`nalishda joylashgan bo`lib, 
kesuv qirrasiga va chaynov yuzasiga nisbatan bir xil masofada parallel xolda yotadi. 
Bunday nuqsonlar tish vestibulyar va lunj satxlarida yaxshi rivojlangan bo`ladi. Mazkur 
egatchalar zondlanganda tubida og`riq sezilishi mumkin, barcha satxi silliq, zichligi 
yuqori bo`ladi. Egatchalar tubida oson tozalasa bo`ladigan karashlar mavjud. Karashlar 
tozalangan joylarda pigmentatsiya soxalari mavjud bo`ladi.
Pigmentlashgan soxani to`q yoki och rangi egatchalar chuqurligi bilan bog`liqdir. 
Ba’zan egatchalar tubida kushimcha chuqurchalar aniqlanishi to`qimada rivojlanish 
davrida moda almashinuv jarayonida chuqur o`zgarishlar bo`lganidan darak beradi. 
Nuqsonlar mavjud joyida emal to`qimasini yupqalashgani aniqlanadi. Sistemali emal 


29 
gipoplaziyasida egatchalar bir xil davrda rivojlanib oxaklashadigan tishlarda yoki 
barcha tishlarda kuzatiladi.
Mazkur nuqson rivojlanishi oltinchi tishlar chaynov do`mboqchalarini, qoziq 
tishlar, ba’zan premolyar tishlar do`mboqchalari xam ingichkalashuviga, tikanaksimon 
shaklgi ega bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu o`tkirlashgan uchli tishlar do`mboqchalari lunj, 
til shilliq qavatini tez-tez shikastlab turishiga sabab bo`ladi. Nuqsonli tishlar chaynov 
yuzasida emal qavati yupqalashgan, tikanaksimon do`mboqchalar va yupqalashgan 
kesuvchi qirralar yorilib sinib ajralishi tufayli tishlar anatomik shaklini o`zgarishiga olib 
keladi. Bu o`zgarishlarning barchasi tishlarning o`lchamlarini kichiklashuviga sabab 
bo`ladi.
Egatchalar chuqurlashgan joylarda kariyes jarayoni boshlanishiga sharoit tug`iladi. 
Ovqat qoldiqlari, yumshoq karashlar, mikroorganizmlarning bu nuqtalarda uzoq vaqt 
saqlanib turishi bijg`ish, kislotalar xosil bo`lishi va emal dentin demineralizatsiyasi 
bilan davom etadi, kariyes kavaklari paydo bo`ladi. Nuqsonlar bor joyda siyqalanish 
natijasida emal to`qimasi butunlay yemirilib ado bo`lishi oqibatida aplaziya soxalari 
yuzaga keladi.
Bolalar kosmetik noqulayliklarga, tish toj kismlari sinib tushib ketishiga, tishlar 
siyqalanishiga, xarorat ta’sirida sodir bo`ladigan og`riqlarga shikoyat qilishadi. Emal 
sistemali gipoplaziyasining egatchali shaklini sirkulyar kariyes, autosom-dominant 
chuqurchali-egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez bilan, faqat ayollarda 
uchraydigan yopishgan-X xromosomali dominant gipoplastik irsiy tugallanmagan 
amelogenez (yo`l-yo`l turi) kabi kasalliklar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. 
Rentgen tasvirlarda egatchalar tubi soxasida gorizontal yo`nalgan qora yo`llar, 
shular fonida ko`rinadigan qora dog`lar almashinuv jarayonining chuqur buzilganidan 
darak beradi. Bu esa o`z navbatida xomilador ona, yoki yangi tug`ilgan bola boshidan 
kechirgan kasallikning og`irlik darajasi bilan bog`liqdir.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish