50
Shunisi
xarakterliki, ijobiy munosabat ifodalashda ayollar nutqi alohida ajralib
turadi:
Xudo yorlaqasin sizni! – yig`lab duo qildi Anzirat. – Mendan qaytmasa,
xudodadan qaytsin, bolalaringizning rohatini ko`ring, iloyo, martabangiz bundan
ham ulug` bo`lsin!.. (
N.Eshonqul. Urush odamlari
).
Bundan tashqari, ayollar va erkaklar nutqining o`ziga
xosligini belgilovchi
asosiy omillardan biri ayollarning erkaklarga qaraganda nutqiy vaziyatda ko`proq
xushmuomalalik, odoblilik hamda hurmat ko`rsatishga
20
harakat qilishlari yaqqol
sezilib turadi. Masalan,
Voy uyingga bug`doy to`lgurlar, voy ko`paygurlar
,kela
qolinglar, - deydi ovozi tovlanib (“Dunyoning ishlari”).
Erkaklar va ayollar nutqida uchraydigan murojaat shakllari semantikasi turfa
xil. Ular nutqida qo`llaniluvchi so`zlar ham ijobiy, ham salbiy bo`yoqda bo`lishi
mumkin. Erkaklar nutqida ko`proq qo`pol, so`kish, dag`al so`zlar bilan murojaat
ifoda etilsa, ayollar nutqida kuchli emotsiyaga berilish, his-tuyg`u va kechinmalar
orqali ifodalsh, qarg`ish so`zlar qo`llash kabi holatlar ko`p uchraydi.
Badiiy asarlarda g`ayriaxloqiy so`zlar salbiy
qahramonlarning nutqini
individuallash, ularga xos salbiy tomonlarni yanada bo`rttirish uchun ishlatiladi.
Ayrim hollarda ijobiy qahramonlar nutqida ham bunday so`zlar ishlatilishi
mumkin.Bunda
ular
shu
personajning
o`ta
hayajonlanganligi
yoki
g`azablanganligi,o`zini tuta olmasligi oqibatini haqqoniy aks ettirish uchun
qo`llanadi.
Ularning badiiy matnda tutgan o`rni haqida tilshunos E.Qilichev shunday
fikrlaydi: …g`ayriaxloqiy so`zlarning turlari, ma’nosi
va ularning badiiy
adabiyotdagi o`rni hamda vazifasini o`rganish uslubshunoslikda muhim
ahamiyatga ega. G`ayriaxloqiy so`zlar o`z xarakteriga ko`ra so`kish, haqorat va
qarg`ish so`zlariga bo`linadi. Ikkinchidan, ular erkaklar va ayollar nutqiga xosligi
bilan ham farqlanib qo`llaniladi.
So`kish, haqorat so`zlarini semantik uslubiy jihatdan quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
20
Ko`rsatilgan manba. Qo`chqarova M. 46-b.
51
a) axloq madaniyati (haromi, la’nati, muttaham);
b) hayvon nomlari (it, eshak, cho`chqa);
s)hasharot nomlari (chivin,chayon, g`o`nda);
d) qush nomlari (boyo`g`li, qarg`a, chittak) va hokazolar bilan bog`liq
bo`lgan g`azab nafratini ifodalovchi so`zlar.
Quyida erkaklar va ayollar nutqida uchrovchi salbiy bo`yoqqa ega bo`lgan
murojaat shakllarini ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: