Muratov Firdavs Norbekovich


TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHABAJARILGAN ISHLARI



Download 0,58 Mb.
bet10/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#90222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdushukurov Nuriddin O'tayevich (2)

TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHABAJARILGAN ISHLARI

ESSE

Xalqimizda “Qasos olmoqchi bo‘lsang ikkita qabr kovla. Biri dushmaningga ikkinchisis esa o‘zingga” degan gap bor. Bu so‘zlar zamirida oz bo‘lsa-da haqiqat bor. Bu yorug‘ olamda har neki bo‘lsa, bu Allohdan. Hattoki kuzda barglari sarg‘aygan daraxt ham Alloh irodasi bilan o‘z barglarini yerga to‘shaydi. Ammo uning irodasiga qarshi chiqish og‘ir gunoh ekanligini gohida unutamiz. Hayotda doim ikki yo‘l bo‘ladi, ya’ni biri yaxshi va birisi yomon. Yomonligini bila turib shu yo‘ldan yurganlar oxiri o‘zlariga taqdirim shu ekanda deb o‘zini-o‘zi yupatadilar. Ammo inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi, hech kim onadan jinoyatchi, qotil, o‘g‘ri bo‘lib tug‘ilmaydi.

Ushbu asar qahramoni Farhodjon hali endi yigirmadan oshgan, harbiy xizmatni Afg‘onistonda o‘tab deyarli tagatgan vaqtida, Qahramon ismli yolg‘iz akasining bevaqt o‘limi haqidagi telegrammani oladi, bu paytda dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘lib ketadi, hech narsani eshitmaydi, hech narsani ko‘rmaydi va his qilmay qo‘yadi. Uyiga kirib kelganida akasini endigina qabrga qo‘yib kelishgan bo‘ladi. Yangasi Saidaning yig‘i-sig‘ilari bilan bir qatorda bira to‘la uning akasining qotillari haqidagi gaplariga ham quloq beixtiyor quloq osib, qoni qaynab borardi.

To‘g‘ri Qahramon oxirgi vaqtlarda yaxshi pul topardi, otasidan ham bevaqt ajrab qolgani sababli ukasiga ota edi, ammo shubhali odamlar bilan qandaydir ish qilardi. Ikki-uch kunga yo‘q bo‘lib ketar va jarag‘-jarag‘ pul bilan qaytardi. Giyohvand moddalar savdosi va uni tarqatish, A nuqtadan B nuqtaga olib borib qo‘yish kabi ishlar katta daromad keltirar edi. O‘z navbatida bu tavakkal ish ham hisoblanib, tavakkalga insonning joni tikilardi. Ko‘za ham kunida sinadi.

Asar qahramoning farosati akasining bu kabi ishlaridan tezda xulosa chiqaradi, yangasining so‘zlarini eshitmaganida ham u baribir “Kimdir javob berishi kerak” deya tinmay o‘ylardi. Dafn marosimida bosh-qosh bo‘lgan qo‘shnisi Karimboy ota Farhodning miyasidagi charx urayotgan fikrlarni alla qachon uning ko‘zlaridan o‘qib olgandi va shu bois unga nuqul bu ishlarni unitishi, yangi hayot boshlashi, uylanishi lozimligini nasihat qilardi. Ammo bu so‘zlar befoyda edi.

Farhodjon mahalla chetidagi Ahmad kabobpazni oldiga boradi va birdan nishonga uradigan so‘zlar bilan uni so‘roqqa tutadi. Chunki Ahmad kalavaning uchi edi va Farhodjon buni bilardi. Kabobpazning “huzuri”dan kerakli javobni olgach asar qahramoni “qidiruv”ni boshlab yuboradi.

Giyohvand moddalar savdosi bitta marhum Qahramon bilan boshlanmagan va uning o‘limi bilan tugab qolmaydi. Bu illat ko‘p yillardan buyon insonlar yostig‘ini quritadi. Biror bir mamlakatda shu kabi hunuk ishlar bo‘lyaptimi demak bu ish ortida shunchaki oddiy odamlar turmaydi. Haqiqatdan ham Farhodjon ko‘plab inkor etib bo‘lmas dalillar topadi, har safar u tepkini qattiq bosadi, ammo voqealar rivoji shu qadar chigallashib boradiki oxir oqibat bu ish ortida hatto davlat idoralaridagi amaldorlar, tashkilot rahbarlari turganligi ma’lum bo‘ladi.

Ularning chekka hududlarda mahsulot yetishtiradigan kata-katta maydonlari va yashirin, yer ostida joylashgan maxfiy laboratoriyalari va ishchilari, ishchilari orasida esa shu sohaning mashxur kimyogarlari borligi ham aniqlanadi. Shu darajada chigal tarmoq mavjudligini nahotki hech kim bilmagan. Farhodjon boshidanoq xatoga yo‘l qo‘ygan edi, ya’ni u bu ishlarni va tadbirlarni yolg‘iz o‘zi bajarar edi, uni kuzatib yurgan militsiya ham undan bir qadam orqada qolib ketar edi.

Bu tadbirlar natijasida maxfiy uyushma a’zolari orasida ham tarqoqlik, qo‘rquv va sarosima boshlanib bo‘lgandi, ularning ko‘pi tashkilot rahbarilari edi. Qo‘riqchilarining ko‘pligiga qaramasdan ular har safar bittaga kamayib borar edi.

Asar qahramoni qasos o‘tida yonib deyarli so‘nggi manzilga yetgandi, raqiblaridan oxirgisi qolgandi, unga qarshi faqat Farhidjonda emas, balki militsiyada ham yetarli asos bor edi. U shunchaki kuzatuv ostida qolgandi xolos. Voealar rivojining bir kunida Farhodjon yana Ahmad kabobpaznikiga keladi, uni so‘roqqa tutib suhbat chog‘ida taomlanadi va bir necha payola aroqni sipqoradi. Ishi bitgach darvozadan chiqqani zahoti boshiga urilgan og‘ir yukdan xushini yo‘qotadi, o‘q ovozi esa atrofga tarqaladi.

Xalqimizda “Qasos olmoqchi bo‘lsang ikkita qabr kovla. Biri dushmaningga ikkinchisis esa o‘zingga” degan gap bor.

Agar Qahramon qora ishlarga aralashmaganida, Farhodjon aql bilan ish tutib, jinoyatchilarning ortidan quvmaganida bir oila parokanda bo‘lmasmidi, bolalar yetim qolmasmidi. Inson o‘z taqdirini o‘z qo‘li bilan yaratadi, hech kim onadanjinoyatchi, o‘g‘ri va qotil bo‘lib tug‘ilmaydi.



Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, asarda inson to‘g‘ri hayot kechirmog‘i, hayotda yaxshiga yondoshib yashamog‘i, salbiy illatlardan uzoq yurishi lozimligi, sabr, qanoat bilan umr kechirish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi bayon etilgan.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish