Muratov Firdavs Norbekovich


PEDAGOGIK TAʼLIM INNOVATSION KLASTERI VAZIFALARI



Download 0,58 Mb.
bet6/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#90222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdushukurov Nuriddin O'tayevich (2)

PEDAGOGIK TAʼLIM INNOVATSION KLASTERI VAZIFALARI

Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

– viloyat MTM, UTMlari uchun zamonaviy BKMga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash;

– taʼlim va tarbiya sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;

– MTM, UTMlarda oʻqituvchi va tarbiyachilarning BKMlaridagi boʻshliqlarni toʻldirish, UTMlarida fanlarni oʻqitish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat MTB va XTBlari bilan hamkorlikda muddatli oʻquv kurslari, maqsadli trening va master-klasslar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish;

– institut kafedralari professor-oʻqituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch OTMlari, ilmiy marakzlar, ITIlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;

– MTM, UTMlarida ilmiy tadqiqot ishlariga layoqatli yosh, iqtidorli oʻqituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish;

Pedagogik taʼlim innovatsion klasterining asosiy strategik yoʻnalishlari sifatidla quyidagilarbelgilab olingan:

– pedagogika sohasidagi talab va ehtiyojlar hamda ilgʻor xorijiy tajriba, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda viloyat MTM hamda UTM lari DTS va DTlarini, oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirib borish;

-viloyatdagi maktab, maktabdan tashqari taʼlim, akademik litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlar tayyorlash, ularning ilmiy metodik taʼminotini shakllantirishni muvofiqlashtirish hamda oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;

– barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha viloyat UTM, MTM lari ilmiy pedagogik salohiyatini koʻtarish, shu jumladan, oliy malakaliilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash, viloyatdagi taʼlim muassasalari rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini sifatli oshirish va qayta tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish;

Shuningdek, pedagogik taʼlim innovatsion klasterini amaliyotga joriy etish maqsadida institut qoshida institut innovatsion faoliyatini koordinatsiya qilib boruvchi bosh Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Kengash tarkibiga viloyat XTB, MTB hamda tumanlar mutassadilari va ilgʻor fan oʻqituvchilari, psixologlar, defektologlar, metodistlar, tarbiyachilar kiritildi. Shuningdek, har bir taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ham Muvofiqlashtiruvchi kengashlar tizilib, mutaxassislarni birlashtiruvchi “telegramm klublari” tuzildi.Telegramm kanallar orqali viloyat Maktabgacha taʼlim muassasalari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabdan tashqari taʼlim, sogʻlom avlod markazlari va boshqalar bilan doimiy hamkorlik aloqalari oʻrnatildi, mavjud muammolar ushbu kanallarda muhokamaga qoʻyiladi hamda birgalikda yechimi topiladi. Global muammolar institut Bosh shtabiga yetkaziladi, bosh shtab bu muammolar yechimi boʻyicha yuqori tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qiladi.

Pedagogik taʼlim innovatsion klasterinin bosh maqsadi viloyatdagi barcha taʼlim muassasalarining sifat va samaradorligini koʻtarish orqali mamlakatimizga raqobatbardosh, kompetentli mutaxassis kadrlar yetishtirib berishdan iboratdir.

Institutning yosh, iqtidorli oʻqituvchilaridan 35 nafari bugungi kunda oʻzlarining ilmiy tadqiqot mavzularini pedagogik taʼlim innovatsion klasteri bilan bogʻlab olib bormoqdalar. Shu bilan birgalikda institutning professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida oʻquv seminarlari, davra suhbatlari tashkil etildi.

Bu kabi tashkillashtirilgan oʻquv-uslubiy seminarlar, suhbatlar, seminar-treniglarda viloyat Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida maʼlum darajadagi siljishlar sezilmoqda. Fanlar boʻyicha tuzilgan Muvofiqlashtiruvchi kengashlarga koʻplab savollar va Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatini yaxshilash hamda taʼlim va tarbiya samaradorligini oshirish boʻyicha aniq (konkret) takliflar kelib tushmoqda.



Demak, pedagogik taʼlim innovatsion klasteri Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining taʼlim-tarbiya jarayonlariga kirib borib, tizimlararo aloqadorlikni, fanlararo uzviylik va uzluksizligi hamda taʼlim va tarbiyaning integratsiyasiga keng yoʻl ochib bermoqda.


  1. XULOSA

Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik taʼlim innovatsion klasteri taʼlimda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni taʼminlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda toʻplangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni taʼlim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda taʼlim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining oʻzaro uzviy va uzluksiz aloqasini taʼminlash, taʼlim jarayonining pirovard mahsuli – har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, maʼnaviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bogʻliqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning oʻzi yaqqol koʻrsatib turibdi. 

FOYFALANGAN ADABIYOTLAR

  1. (Fan arbobi, professor G.I.Muxamedovning 2019 yil 15 fevralda “Xalq soʻzi” gazetasining onlayn sahifasida chop etilgan “Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija” nomli maqolasiga munosabat)

  2. Mirziyoev SH. M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurttaraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xal qso’zi. 2016 yil 8 dekabr. 243-son.

  3. Mirziyoev SH. M. “Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir" mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalqso’zi. 2017 yil 8 dekabr. 247-son.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni T.1997y.29 avgust

  5. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. T.1997y.29 avgust

  6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi 2015 yil 23 yanvar

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-son Qarori

  8. Barkamol avlod orzusi. -T.: Sharq, 1999. - 163 b

  1. https://yoshlarittifoqi.uz/uz/reg_documents/mard-oglon-davlat-mukofotini-tasis-etish-chora-tadbirlari-togrisida

  2. https://kun.uz/uz/03967779

  3. https://lex.uz/acts/-3255680

  4. https://yoshlarittifoqi.uz/uz/menu/maqsad-va-vazifalar


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish