Muratov Firdavs Norbekovich


TAʼLIMDA INNOVATSION KLASTER METODINING QOʻLLANISH IMKONIYATLARI



Download 0,58 Mb.
bet5/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#90222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdushukurov Nuriddin O'tayevich (2)

TAʼLIMDA INNOVATSION KLASTER METODINING QOʻLLANISH IMKONIYATLARI


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogik instituti pedagogik jamoasining faoliyat yuritib kelayotganligiga koʻp vaqt oʻtgani yoʻq, lekin institutning pedagogik jamoasi Prezidantimiz, davlatimizning taʼlim tizimi xodimlari oldiga qoʻyilgan vazifani toʻgʻri anglagan holda Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim muassasalari va UTMlaridagi, boshqacha aytganda, uzluksiz taʼlim tizimining barcha jabhalarini atroflicha oʻrganib chiqdi. Buning uchun viloyatning qator tumanlarida tumandagi mutassadilar, barcha UTM direktorlari, MTM va UTM xodimlari bilan uchrashuvlar, suhbatlar, maʼruzalar, master-klasslar, amaliy treniglar tashkil qilish orqali Viloyatdagi MTM va UTMlardagi mavjud kamchiliklarni aniqladi, jumladan, pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojning kattaligi, kadrlar qoʻnimsizligi, uzluksiz taʼlim tizimida uzviylik va uzluksizlikning mavjud emasligi (har kim oʻz aravasini oʻzi bilganicha tortishi), oʻzaro aloqa va oʻzaro yordamning yoʻqligi, oliy maʼlumotli kadrlarning yetishmasligi (koʻpchilik maktablarda oʻrta maʼlumotli mutaxassislarni faoliyat yuritib kelayotganligi), oʻquv rejalari orasida uzviylik va uzluksizlikka amal qilinmasligi, darslik va oʻquv qoʻllanmalarining yetishmasligi, materal-texnik bazadagi kamchiliklar va hokazolar... 

Institut rektorati tezkorlikda Viloyat XTBsi va MTB rahbarlari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi va viloyat MTM va UTMlari bilan aloqaga kirishildi. Viloyatning chekka tumanlarida yetishmayotgan fanlardan dars berishga institutning iqtidorli, aʼlochi talabalari yuborildi va ular muvoffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.Bu toʻgʻrida MTM va UTMlardan kelgan tavsifnomalar kelib turibdi, masalan, Institut rektori, Fan arbobi, professor G.I.Muxamedovning 2019 yil 15 fevralda “Xalq soʻzi” gazetasining onlayn sahifasida “Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija” nomli maqolasi eʼlon qilindi, unda olim taʼlim tizimi, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omili ekanligini hamda taʼlim oʻz ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, hayot bilan bogʻlay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina oʻz oldiga qoʻygan natijalarga erisha oladi, fan, taʼlim-tarbiya va iqtisodiyotning oʻzaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini taʼminlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tadbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi”, – deya taʼkidlaydi.

Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri, deya taʼkidlaydi olim, - uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz tarkibiga kiruvchi taʼlimiy-ilmiy innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir.

Pedagogik taʼlim innovatsion klasterining muallifi, klasterning maqsadini quyidagilarda deb biladi:

– taʼlim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlari hamda vositalarini izlab topish va taʼlim amaliyotiga tatbiq etish;

– taʼlim va tarbiya uzviyligi, aloqadorligi, uzluksizligini taʼminlovchi mexanizmlarini izlab topish va takomillashtirish;

-barcha taʼlim fanlari boʻyicha pedagogik taʼlimni rivojlantirishning dolzarb muammolarining intellektual resurslarini integratsiyalash;

– barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlarni tayyorlashda MTM, UTM hamda OTMlarining oʻzaro tezkor qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish;

– pedagogik taʼlimga oʻquvchilarning qiziqishini oshirish, ularda pedagog boʻlishga istak va xohishni uygʻotish, institutga yuqori koʻrsatkichlar bilan tahsil olayotgan oʻquvchilarni tanlab olish mexanizmlarini ishlab chiqish;

– pedagogik taʼlim boʻgʻinlari orasidagi aloqadorlik, bogʻliqlik, hamkorlik, uzviylik va uzluksizlikni ilmiy hamda amaliy jihatdan asoslash;

– talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirokini taʼminlash hamda yosh mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarni egallash davrini qisqartirish;

pedagogik taʼlimda yangi avlod oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar hamda didaktik materiallar majmuasini yaratish va hokazolar.

pedagogika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish maqsadida yetakchi xorijiy OTMlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, kadrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy stajirovkalarni amalga oshirish.

pedagogik taʼlimni tartibga soluvchi mavjud meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish hamda pedagogik taʼlim innovatsion klasteri plptformasini ishlab chiqish.




    1. Download 0,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish