MURAKKAB UCH QISMLI SHAKL.
REJA:
Davriyaning tuzulishi.
Ikki jumlali oddiy davriyaning tuzilishi. Uch jumlali davriya va jumlalarga boʼlinmaydigan davriyalar
Davriyaning turlari.
1. Davriyaning tuzulishi
Musiqada davriya dеb – gоmоfоn fakturadagi mavzu bayonining tugallangan bir qismli shakliga aytiladi Davriya оdatda jumla dеb yuritiladigan ikkita, ba’zida esa uchta tuzilmaga bo’linadi. Bu jumlalarning birinchisi intоnatsiya jihatidan nоturg’un, ikkinchisi esa turg’un bo’lib, shunga muvоfiq, eshituvchiga bir butun, yaхlit tuzilmaga bоg’langan hоlda yеtib kеladi. Jumlalarning o’z navbatida bo’linish payti sezura deyiladi.
Davriyaning umumiy belgilari. Kuychan-mavzuli nisbatlar
Ko’pchilik davriyalarda bayon etishning ekspozitsion turi birmuncha ortiqroq yoki kamroq darajada ravshan ifoda etilgan boʼladi. Chunki ularda mavzuning dastlabki yoki haqiqiy davomi muttasil ravishda mavjud. Shu munosabat bilan davriya uchun kuychan-mavzuli birlik xarakterlidir. Bunday birlik jumlalarning soʼnggi, yakuniy qismidan tashqari hammasi qariyb toʼla ravishda bir-biriga oʼxshab ketishida ifodalanadi.
Biz quyidagi misolda ko’rishimiz mukunki,bu xol birinchi jumla materialining qisman ikkinchi jumlada takrorlanishida ham ifoda etilishi mumkin, bunda ikkinchi jumlada mavzuni to’ldirib, qayta bayon etilgan.
Bu holda ham jumlani yana boshqa ko’rinishida musiqa bezaklari vositasida oʼzgartirilgan yoki oʼzgacha balandlikka oʼtkazilib, boshqacha garmoniya bilan takrorlanishida ham koʼrinadi va hokazo. Nixoyat, takroriy qismlar mavjud boʼlmagan vaqtlarda koʼpincha kuychan-ritmik xarakterda boʼlgan mavzu hamda sezilarli darajada kontrastlikni vujudga keltirmaydigan fakturali manzaralarda bunga amal qilinadi.
Basharti, ikkinchi jumla birinchi jumlaning ko’proq qismini takrorlaydigan boʼlsa, u holda koʼpincha ularning har ikkalasi ham bir xildagi kuy cho’qqisiga ega boʼladi hamda davriyada umumiy bosh kulminatsion nuqta aniq bo’lmaydi.
Biroq xammadan ko’proq jumlaning kichikrok qismi takrorlanadi. Shu tufayli ikkinchi jumlada davriyaning bosh, ya’ni asosiy kulminatsiyasini yaratish imkoniyati bo’ladi. Kulminatsiyaning eng ko’p uchraydigan joyi - davriyaning oxirgi qismiga, taxminan so’nggi chorak yoki undagi biror ulush boshlanadigan joyga yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi jumladagi kulminatsiya kuchlanishning o’sib borishini ta’minlab, butun davriyadagi kuy rivojlanishida katta birlikka erishishga ko’maklashadi. Ko’pincha VI pogona (subdominanta tertsiyasi)da kulminatsiyalar uchraydi yoki juda bo’lmaganda, kuyning kulminatsion parchasini vujudga keltirish uchun mazkur pog’onaning ishtiroki sezilarli darajada bo’ladi.
O’zining eng asosiy kulminatsion nuqtasidan boshlanadigan davriyalar ham uchraydi. Ba’zi bir davriyalarda ularning xulosa qismiga yetgandagina kulminatsiyaga erishiladi. Buning natijasida umumiy muvozanat, ya’ni asarning umumiy salmog’i unchalik yuqori darajaga chiqmay qolishi ham mumkin. Bu holda badiiylikni oshirish, mazkur davriyani o’z ichiga olgan shaklni rivojlantirish uchun ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |