Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simlik, inson va hayvon virusli kasalliklari va ularning profilaktikasi.
Bajardi: Abdurahmonova Sh
Reja: Kirish. 1. Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar. 2. Inson va hayvon virusli kasalliklari. 3.Ichki yuqumsiz kasalliklar profilaktikasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Virusli kasalliklar, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. V. k.ga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning V. k.iga kirov (oqsim), oʻlat, ornitoz, psittakoz, parrandalar grippi, Nyukasl kasalligi, Ruft vodiysi isitmasi, qoʻylarning kataral isitmasi va b. kiradi. Ular epizootiyalar shaklida kechib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar. - Murakkab tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak oʻsimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak oʻsimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, qirqquloqtoifalar, qaragʻaytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak oʻsimliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda oʻsishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz koʻpayishi bilan tuban oʻsimliklardan farq qiladi.
Hayvon viruslari qanday tuzilgan? - Boshqa viruslar singari hayvon viruslari ham oqsil va nuklein kislotalarning kichik toʻplamidir. Ularda oqsil qobigʻi yoki kapsid va kaspid ichiga yopishgan DNK yoki RNKdan iborat genetik material mavjud. Ularda, shuningdek, konvert qobiq, yaʼni lipiddan iborat membrana sferasi ham boʻlishi mumkin.
- Hayvon viruslarining kapsidlari turli shakllarda boʻladi. Ebola virusi uzun ipga oʻxshash tuzilishda va oʻz oʻqi atrofida chirmashadi. Taqqoslash uchun quyida “standart koʻrinishga ega” virus – chikungunya koʻrsatilgan: chikungunya sferaga oʻxshaydi, lekin aslida 202020 yoqli ikosaedr hisoblanadi.
Bu ikki virus kattaligi shkala boʻyicha chizilmagan. (Ebola virusining hajmi chikungunya virusinikidan kattaroq). ViralZone/Shveysariya bioinformatika instituti, CC BY-NC 4.0 ga tegishli “Ebolavirus” va “Alfavirus” nomli grafik materiallar oʻzgartirib olindi.
Hayvonlarga xos virus genomlari RNK yoki DNK saqlovchi boʻlib, bir zanjirli yoki qoʻsh zanjirli boʻlishi mumkin. Hayvon viruslari oʻzlarining genetik materiallaridan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanish maqsadida bir qator jarayonlarni (shu qatorda hayratlanarli va gʻalati boʻlganlarini ham) amalga oshirishlari mumkin va ularni biz quyidagi boʻlimlarda koʻrib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |