P iramidasimon burg’ular - yumshoq tog‘ jinslarini burg’ilash jarayonida quduq devorlarida uchraydigan uncha katta bo‘lmagan xarsang toshlarni urib tushirishga va katta xarsang toshlarni silliqlashga mo‘ljallangan. Burg’u korpusining yuqori qismi silindrik, pastki ishchi qismi esa to‘rt qirrali piramida shaklida bo‘ladi. Burg’u korpusining silindrik qismi quduq ustunini egilishdan saqlab turishga xizmat qiladi.
4.8-rasm. Burg’ilash dolotalari.
yassi burg’ular - zich, darzlanmagan tog‘ jinslarini burg’ilashga mo‘ljallangan. Yassi burg’uning yengillashtirilgan va og‘ir turlari mavjud. Yengillashtirilgan burg’u yumshoq tog‘ jinslarini burg’ilashda qo‘llaniladi. U uncha qalin bo‘lmagan korpusga ega. Og‘ir burg’u yengillashtirilgan burg’uga nisbatan salmoqliroq va o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarini burg’ilashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |