Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish-rasm. Ponali qiyshaytirgichning ishlash sxemasi 9.7-rasm
ma\'ruza matni
U quvurlar birikmasining pastki qismini ma’lum burchakda aylanishini ta’minlaydi. Qiyshaytirgichni burg‘ilash quvurlari birikmasi bilan quduqqa tushiriladi va oriyentirlanadi. (9.12,a-rasm). Keyin nasos ishga tushirilib, quduq tubiga uncha katta bo‘lmagan yuklanish va oz miqdorda yuvish eritmasi sarflab burg‘ilash birikmasini aylantirmasdan qiyshaytirgich ko‘tariladi va burg’uni tog‘ jinslariga bir necha marta botiriladi. Bunday operatsiyalar quduq tanasi yangi yo‘nalish olgunigacha davom etiriladi. (11.12,b-rasm). Burg‘ilash birikmasining sekin aylanish chastotasida (20-40 ayl/min) quduqni 4-6 metrga chuqurlashtiriladi (11.12,v-rasm). Burg‘ilash birikmasi ko‘tarilib, ularning zenit burchagi va azimuti o‘lchanadi. Keyin esa burg‘ilash quvurlari birikmasi quduqqa oddiy burg’u bilan tushiriladi va quduqni kengaytirmasdan (11.12, g-rasm) yoki kengaytirib, bir necha metrgacha chuqurlashtiriladi (11.12, d-rasm). Burg‘ilash quvurlari birikmasi ko‘tarilib, quduqning zenit burchagi va azimuti o‘lchanadi. Qiyshaytirgichni quduqqa qayta tushiriladi va oriyentirlanadi. Ponasimon va sharnirli qiyshaytirgichlar yordamida pog‘onali yangi kuduq tanasini burg‘ilash uchun vertikalga nisbatan talab qilingan qiyshayishga yetguncha davom etiriladi. Tub dvigatellari bilan burg‘ilashda quduqning qiyalik burchagini va azimutini barqarorlashtirish uchun burg‘ilash birikmasining quyi qismini jamlash. Barqarorlashtirgich – burg’u (quduq tubi dvigateli) sistemasining o‘rta qismiga o‘rnatilgan metall yoki tub dvigatelidagi rezinali plankadan tashkil topgan. Planka balandligini shunday tanlash kerakki, tub dvigatelini qiya quduqqa joylashtirishda uning pastki devoriga burg’u bosimi ta’sir qilmasligi kerak. Bu shartlarni bajarish uchun halqasimon plankaning diametri shunday bo‘lish kerakki, quduqda siqilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan paytlarda burg‘ilash birikmasini rotor yordamida sistematik ravishda aylantiriladi. Rotorli burg‘ilash usulining barqarorlashtiruvchi komponovkalariga burg’u, yarim o‘lchamli kengaytirgichlar, uzunligi 12 metr bo‘lgan og‘irlashtirilgan quvurlar va barqarorlashtiruvchi kengaytirgichlar kiradi. Tub dvigatellari bilan burg‘ilashda quduqning qiyalik burchagini kamaytirish uchun burg‘ilash quvurlari birikmasining quyi qismini jamlash. Quduqning qiyalik burchagini kamaytirishda oddiy (vertikal quduqlarni burg‘ilashda) va maxsus (qiya quduqlarni burg‘ilashda) quvurlar birikmasi quyi qismining jamlanmalarini qo‘llash mumkin. Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilashda quyidagi quvurlar birikmasi quyi komponovkalari qo‘llaniladi: - qiyalik burchagining sekin kamayishi uchun burg’u, turbobur va burg‘ilash quvurlari; - qiyalik burchagining keskin kamayishini ta’minlovchi qiyshaytiruvchi moslamalar. Rotorli burg‘ilashda quduqlarning qiyalik burchagini kamaytirish uchun burg‘ilash quvurlari birikmasining pastki qismini jamlash. Rotorli usulda burg‘ilashda quyidagi quvurlar birikmasining pastki qism jamlanmalari qo‘llaniladi: burg’u, uzunligi 9-12 metr bo‘lgan og‘irlashtirilgan quvurlar va asboblarning tayanch nuqtasi bo‘lgan yarim o‘lchamli kengaytirgichlar. Bunday komponovkalash quduqning qiyalik burchagini har 100 metrda 10401-20 gacha kamayish sur’atini ta’minlaydi. Kengaytirgichsiz quvurlar birikmasi komponovkalarini qo‘llashda (quduq tanasining egilish joyi tayanch nuqta hisoblanadi) asosiy ishlar rotorning katta aylanish tezligida va burg’uga kam yuk berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Download 21,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |