Frezerli burg’u. Frezerli burg’u ko’rakli burg’uga qaraganda konstruksiyasining oddiyligi bilan farqlanadi. Bu burg’u cho‘zilgan monolit korpusdan iborat bo‘lib, quduq tubida qolgan sharoshkalarni, metall predmetlarni, beton va boshqa tiqinlarini burg‘ilab o‘tishga mo‘ljallangan. Frezerli burg’ularning hozirgi zamon konstruksiyalarida ishchi organlar yo‘q. Bunda jins yemiruvchi ishchi elementlar o‘rnini qattiq qotishmali shtirlar, yuvish moslamasi vazifasini esa burg’u korpusidagi bir yoki bir nechta ariqchalar bajaradi. n Ko’rakli burg’u korpusi va ko’raklari asosan qoliplash va bolg‘alash yo‘li bilan tayyorlanadi. Burg’u korpusini tayyorlashda tarkibida uglerod miqdori 0,35-0,40% bo‘lgan legirlanmagan uglerodli po‘latlardan, burg’uni ko’ragi esa xrom, kremniy va marganets bilan legirlangan po‘latdan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |