Burg’u diametri, m |
Berilishi mumkin bo‘lgan o‘q bo‘yicha yuklama, kg
|
Paralash eritmasining sarfi, l/s
|
0,138
|
6000
|
10-18
|
0,159
|
7000
|
14-22
|
0,188
|
9000
|
20-30
|
0,212
|
10000
|
26-40
|
0,241
|
11000
|
30-45
|
0,267
|
12000
|
30-50
|
Quduqlarni chuqurlashtirish jarayonida tubda sharoshkali burg’uning tayanch elementlari hamda burg’u tishlarining singan bo‘laklari yig‘ilib qoladi. Olmosli burg’u bilan paralashda bu metallarning bir qismi maydalanadi va yuvish eritmalari yordamida yer yuziga chiqariladi. Bu metallarning boshqa qismi esa g‘ovak va quduq devorlariga kirib qoladi. Paralash jarayonida bu moslamalar yana quduq tubiga tushishi mumkin. Quduq tubidagi metallar olmoslarning jadal yeyilishiga olib kelishi mumkin. Chuqur neft va gaz quduqlarini paralashda olmosli koronka ishlatiladi. Quduq tubidagi tog‘ jinslarini yemirish usuliga qarab olmosli koronka ikki turga bo‘linadi (5.6 rasm).
a) kernsiz paralash uchun yalpi koronka;
b) kern olish uchun halqasimon (aylanma) koronka.
Yalpi koronkalar yassi ko‘ndalang kesimli, oval-botiq ko‘ndalang kesimli va juda kichik diametrli kern olish uchun burg‘ilovchi koronkalarga bo‘linadi. Bu koronkalar mustahkam va o‘rta qattiqlikdagi tog‘ jinslarini paralashga mo‘ljallangan.
Halqasimon koronka esa kern olish uchun qo‘llaniladi. Bu koronkalarning granulalangan, ko‘p qatlamli, impregnirlangan va bir qatlamli kabi turlari mavjud.
Chuqur neft va gaz quduqlarini paralashda olmosli koronka keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, quduqning chuqurligi oshishi bilan koronkaning barqarorligi kamaya boradi, paralash va namuna olish sur’ati pasayadi, natijada quduqni 1 metr qazib o‘tish muddati ortadi. Koronkali paralash sur’atini oshirish uchun yangi texnologiyadagi olmosli koronkalar ishlatiladi.
g) Qattiq qotishmali burg’ular. Paralash jarayonida olmosli burg’u bilan bir qatorda qattiq qotishmali burg’ular keng qo‘llaniladi.
Quduq tubi dvigateli bilan o‘rtacha qattiqlikdagi kam abrazivli tog‘ jinslarini paralashda qattiq qotishmalar bilan armirlangan burg’ular yaxshi natijalar beradi. Qattiq qotishmalar ilmiy tekshirishi institutining (ISM-Institut sverxtvyordix materialov) qisqartma nomini olgan bu burg’ular hisoblanadi. ISM burg’usining frezerli, ko’rakli va olmosli burg’udan farqi, uning jins yemiruvchi elementlari yuqori qattiqlikdagi materiallar bilan jihozlanganligidadir. Ishchi elementlar burg’uning po‘lat korpusiga payvandlash yo‘li bilan mahkamlanadi.
ISM burg’usi frezerli, ko’rakli burg’ularga qaraganda o‘zining yeyilishga barqarorligi va tabiiy olmoslar bilan jihozlangan burg’ularga nisbatan arzonligi bilan farqlanadi. ISM burg’usi uch turda (kesuvchi, toretsli va ishqalovchi) tayyorlanadi. Birinchisi ko’rakli, ikkinchisi frezerli, uchinchisi esa olmosli burg’uga o‘xshaydi. Kesuvchi ISM burg’usi – yumshoq o‘rtacha plastik tog‘ jinslarini paralashga mo‘ljallangan. 6.7-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ISM burg’usining tashqi ko‘rinishi va konstruksiyasi bo‘yicha olti parrakli dolologa o‘xshash. Lekin ko’raklarining ishchi qismini shakli bilan farqlanadi. Burg’u paralash quvurlari birikmasiga qulfli rezba yordamida bog‘lanadi.
d) Maxsus ishlatiladigan burg’ular Nayzasimon burg’ular – halokat (avariya) ishlarida va sement tiqinlarini paralashda quduq tanasining katta diametrdan kichik diametrga o‘tishini ta’minlashda qo‘llaniladi. Nayzasimon burg’uning ikki turi tayyorlanadi:
Yuvish teshigidan eritmasi tog‘ jinslarining mayda zarrachalarini tutgan holda yuvish ariqchasi orqali quvurning orqa bo‘shlig‘i bo‘yicha tashqariga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |