Burg‘ilashning texnologik rejimi – qudug‘ini burg‘ilashda jinslarni maydalash uchun foydalaniladigan dodoto ishining samaradorligini aniqlash. Bu maqsadda: 1) burg‘iga bo‘ladigan bosim; 2) burg’uning aylanish soni; 3) loyli eritmaning sifati va miqdori; 4) asbobni quduqqa tushirish va h.k. aniqlanadi.
Burg‘ilash qudug‘ini ishlatish – burg‘ilash qudug‘i ichidagi suyuqlikni yer yuziga chiqarish. B.q.i.ning quyidagi usullari ajratiladi: favvorali – suyuqlikni yer yuziga chiqarishga qatlam bosimi etarli; Mexanik – qatlam bosimi suyuqlikni yer yuziga chiqarishga yetarli bo‘lmaydi, bunday vaqtda suyuqlik kompressorlar yordamida tortib chiqariladi; chuqurlik nasosi usuli orqali – quduq ichiga nasos tushirib suyuqlik yuqoriga tortib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |