8.4. Burg‘ini quduq tubida ratsional ishlash vaqti
Burg‘ining tog‘ jinslarini kesib о‘tish tezligiga ( ) burg‘ilash aralashmasining xossalariga juda sezilarli ta’sir qiladi. Burg‘ilash aralashmasining zichligi qancha katta bо‘lsa shunchalik sekinlashadi. Shuning uchun mumkin qadar qorishmaning zichligi (ρ) past bо‘lishi kerak. Havo yoki gaz ishlatilganda juda ham kuchayadi.
Burg‘i yanchgan tog‘ jinslarining zarrachalarini burg‘i ostidan kо‘tarib, yuqoriga chiqarish uchun qorishmalar ma’lum qayishqoqlik va statik kuchlanish kattaligini talab qiladi. О‘tkazuvchanligi yuqori qatlamlarni burg‘ilab о‘tishda ularga bо‘lgan bosim meyordan oshib ketmasligi uchun, qorishmalarning reologik xususiyatlari (η, τ0) katta bо‘lmasligi maqsadga muvofiq. Qorishmaning suvchilligi juda past bо‘lsa, burg‘ilash sur’ati susayadi. Suvchillikning miqdori 6-8 sm3/min. dan kam bо‘lmaganligi yaxshi.
Burg‘ilash qorishmalariga yog‘lovchi moddalar (neft, grafit va h.k.) qо‘shilsa, burg‘i uzoq ishlashi, kо‘proq tog‘ jinsini qazib о‘tishi mumkin.
Parrakli burg‘ilar ishlatilganda uning Mexanik о‘tish tezligi quduqning tubiga yuborilayotgan eritmaning miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Bu parametrning asosiy kо‘rsatkichga mutanosibligi quyidagi tenglamada kо‘rsatilgan:
(8.1)
bu yerda: a va b – tog‘ jinsining xossalari, qorishma xususiyatlari, burg‘i va quduqning о‘lchovlariga bog‘liq koeffitsiyentlar;
Q – eritmaning sekundlik sarfi.
Burg‘ining aylanish tezligi burg‘ilash kо‘rsatkichlariga har xil ta’sir kо‘rsatadi. Burg‘ining aylanish tezligining chegarasi bо‘ladi. Aylanish tezligi chegaradan oshib ketganda burg‘i tishlarining tog‘ jinsi bilan bо‘lgan kontakt vaqti qisqaradi va jinslar yaxshi kо‘chmaydi. Bu esa burg‘ilash tezligini susaytiradi. Burg‘ilash tezligi burg‘ining aylanishi bilan quyidagicha bog‘lanadi:
(8.2)
bu yerda: - chuqurlanish;
S – burg‘ining parametrlari, unga berilayotgan yukning og‘irligi, tog‘ jinsining Mexanik xossalariga bog‘liq koeffitsiyent;
k – tog‘ jinsining plastik xossasiga bog‘liq koeffitsiyent (k=0,25 – 0,40);
n – burg‘ining aylanish tezligi.
va n ning mutanosibligini quyidagi chizmada ham kо‘rish mumkin (19.1-rasm).
Yumshoq tog‘ jinslarini о‘tishda burg‘iga kо‘p yuk berilmaydi, burg‘i tezroq aylantirsa (120-200 ayl/min) bо‘ladi. Qattiq tog‘ jinslarini о‘tishda esa burg‘iga berilayotgan yukni kо‘paytirish zarur, shuning uchun burg‘ining aylanishi susaytirilakdi (100-140 ayl/min). Burg‘ini tez aylantirish uning ishlash muddatini qisqartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |