ventilyatsion quduq - inshoatning havosini almashtirib, tozalab turishga mo‘ljallangan katta diametrli quduq;
portlatish qudug‘i - qattiq foydali qazilmalarni qazib olishda burg’ilash quduq tubini yemirib buzishga va ma’danlarni ajratishga mo‘ljallangan;
yordamchi quduq - har xil maqsadlarni yechishga mo‘ljallangan:
a) foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olishda shamollatish va elektr toki simlarini uzatish;
b) to‘g‘onlarni qurish va ta’mirlash;
v) suvli qatlamlarni muzlatish;
g) tibbiy maqsadda ma’dan suvi olish.
Bundan tashqari quduqlarning nosoz, suv to‘playdigan, quritish, suvni pasaytiruvchi, gidrogeologik, tashlandiq, qiyshaygan, nazorat qilish, kam debitli, neftli, chegaralovchi kabi turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |