Burg’ilash minoralarini yig‘ish. Minoralarni yig‘ishning eng qulay usuli yuqoridan pastga qarab yig‘ish hisoblanadi. Bu usulda minoralarni yig‘ishdan oldin minora poydevoriga ko‘targich (Kershenbaum ko‘targichi) o‘rnatiladi.
2.7-rasm. Minorani avto kran yordamida qurish
B urg’ilash minoralarini qismlarga ajratish. Burg’ilash ishlari tugatilgandan keyin, talab qilinsa minoralarni qismlarga ajratiladi. Bunda minoraning yon korpusidan tirgak sifatida foydalaniladi. Minoraning oyoqlarini tushirish uchun minora oyog‘i zamini quduq og‘zidan navbatma-navbat, asta-sekin minoraning ustki qismi yonbag‘ir tomiga yotganga qadar suriladi. Keyin oyoqlar mahkamlangan bolt-shkvaren chiqarib olinadi. Oyoqlar esa alohida-alohida qilib ajratiladi.
2.8-rasm. Burg’ilash minoralarini qismlarga ajratish
Do'stlaringiz bilan baham: |