BALANDLIKKA SAKRAShNI URGATISh.
«Perekidnoy» usulda sakraganda yerga tushish vaktida kulga katta kuch kelishi va yonbosh bilan kattik tushish mumkinshuning uchun sakrovchiga avvalo yerga yumshok tushishni urgatish, yelka kamari v akul muskullarini mustaxkamlash va yerga tushadigan joyni yaxshilab tayyorlash kerak.
Urgatishni 1-4 yugurish kadam tashlashdan boshlagan ma`kul. Shunda shugullanuvchining depsinishi va keyinchalik planka ustidan utishni bilib olishi osonrok buladi. Depsinish va planka ustidan utishni uzlashtirgandan keyin ancha uzokrokdan yugurib kelib asta-sekin tezlikni va plankani kutarib sakrashga utiladi.
Xar bir xarakatni kup marta takrorlash lozim. Oldin taklid mashklari bajariladi, keyin esa xarakatlar planka ustidan sakrab urganiladi. Chinakam mashkka yakin keladigan mashklardan tashkari kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradigan va maxsus mashklarni keng kullash kerak.
Sakrashlarning tasnifl
Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko'pligini izohlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omil laming turli kombinatsiya imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning mohiyatiga ko'ra qat'iy va to'liq tasniflab bo'lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to'g'risida ma'lum darajada tasawurga ega bo'lish mumkin bo'lgan qisqa va qoniqarli tasnifl paydo bo'ldi.
3 - jadvalda berilgan sxemada sakrashlarning eng harakterli turlari ko'rsatilgan.
Siltanib baland sakrash yuqoridagi guruh elementlaridan farq qilib, unda faqatgina qo'lni emas, (lekin, shart emas) balki bo'sh oyoqni ham siltashdan foydalaniladi. Shunday qilib bunday sakrashlami aniqlovchi boshqa belgilar - bir oyoqda depsinishdir. Mazkur guruhga tegishli bo'lgan sakrashda, uchishdagi eng oddiy harakat, holatni saqlab qolish yoki «namoyish qilish» bilan bog'liq bo'lgan harakatdir.
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o'xshash sakrashlar xarakterli birikmani aniqlovchi belgilarni o'z ichiga oladi. Bu sakrashni yurib, bir oyoqda depsinib, depsingan tomonga aniq harakatlanish va bir oyoqqa qo'nish bilan bajariladi. Bunday sakrashlar uchun uchish holatini saqlab qolish o'ziga hosdir. Qolgan belgilar uncha aniq ko'rinmasligi mumkin.
Murakkab burilishlar bilan sakrash ikki oyoqda hamda bir oyoqda depsinib bajarilishi mumkin. Shunday qilib, bir oyoqda siltash bu yerda shart emas, lekin qo'l bilan siltash harakatlari har doim aniq ifoda etilgan, agar bu 320° dan kam bo'lmagan burilishli sakrashga tegishli bo'lsa. Mazkur sakrashda murakkab burilishni bajarish elementning tashqi ta'siri kabi real qiyinchiligihi aniqlovchi asosiy harakat vazifasi bo'ladi. Bu esa bunday sakrashlami alohida guruh qilishga sabab bo'ladi.
Xatlab sakrash - murakkab sakrash turlarini o'z ichiga olgan o'ziga hos sakrash shaklidir (murakkab sakrash to'g'risida keyingi bo'limda). U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoq va qo'l bilan ifodali siltash bilan birga uchishda ozmi-ko'pmi murakkab burilishlar, oyoq holatlarini tez-tez almashtirish va bir oyoqqa qo'nish.
Murakkab sakrashlar yuqoridagi sakrash turlaridan kamida ikki - uchta belgilarni o'zida mujassamlaydi (xatlab sakrashdan tashqari). Bitta sakrashda shunday belgilar bo'lishi mumkin: oyoqni siltab, uchishda tanani qo'shilishi, tayanchsiz holatda va burilishda holatni o'zgartirish va boshqalar.
Bunday harakatlar texnikasi va o'rgatish uslubiyotini taxlil qila turib, ularning murakkabligi, qiyinligi, koordinatsiya xususiyatlari, harakatning ifodaliligiga bog'liq bo'lgan elementlar tuzilishini, shu bilan birga mashqlarni o'zlashtirish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |