Fizikaviy va kimyoviy xossalari
Fizikaviy xossalari
Molekulyar massasiga qarab murakkab efirlar qattiq yoki suyuqmoddalardir. Past va o'rta gomologlarining efirlari xushbo'y gul yoki meva hidiga ega bo'lgan uchuvchan suyuqliklardir, shu sababli ular oziq-ovqat va atir-upa sanoatida ishlatiladi. Murakkab efirlar ularni hosil qilgan spirt va karbon kislotaga qaraganda suvda yomon eriydi.
Kimyoviy xossalari
Murakkab efirlar uchun quyidagi kimyoviy reaksiyalar xosdir.
1. Kislotali yoki ishqoriy muhitda suv ta`sirida gidrolizlanish:
O O
║ Н+ ║
R - C - O - R' + HOH ← R' - OH + R - C –OH
Ishqoriy gidrolizlanishning mahsulotlari bo'lib spirt va kislota tuzi hisoblanadi.
O
║
CH3 - C – OC2H5 + NaOH → C2H5OH + CH3COONa
etilatsetat etil spirti natriy atsetat
Murakkab efirlarning ishqoriy gidrolizlanishi sovunlanish deyiladi.
2. Ammonoliz - murakkab efirlarga ammiak ta`sir ettirishi natijasida kislota amidlarining hosil bo'lishi:
O O
║ //
C2H5 - O - C – CH3 + NH3 → CH3 - C + C2H5OH
\
NH2
asetamid etanol
3. Mis-xromli katalizator ishtirokida vodorod bilan qaytarilishi natijasida murakkab efirga to'g'ri keladigan spirtlar hosil bo'ladi.
O
// [H]
R - C → R – CH2OH + R' - OH
\
O - R'
4. Murakkab efirlarning qayta eterifikatsiyalash. Mineral kis-lota (muhit kislotali) yoki alkogolyat (muhit ishqoriy) ishtirokida efirlar qizdirilsa alkoksiguruhlarning almashinishi sodir bo'ladi.
O O
// //
R - C + R" - OH ← R - C + R' - OH
\ \
O - R' O - R"
Ayrim vakillari
Sirka kislotaning etil efiri (etilatsetat) СН3СООС2Н5 - rangsiz, tiniq suyuqlik. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Etilatsetat sellyuloza efirlarini, xlor kauchukni, yog', moy, mumlarni eritish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari etilatsetat atsetosirka efirini hamda oziq-ovqat essentsiyalarini olishda ishlatiladi.
Sirka kislotaning izoamil efiri (izoamilatsetat) rangsiz tiniq suyuqlik bo'lib, nok hidiga ega.
O
//
CH3 - C
\
OCH2CH2 - CH(CH3}2
Oziq-ovqat va atir-upa sanoatida xushbo’y modda sifatida ishlatiladi.
Xushbo’y hidli organik moddalarga quyidagi murakkab efirlar kiradi: chumoli kislotaning etil efiri, etilformiat H-COO C2H5 ( rom hidi), chumoli kislotaning amil efiri, amilformiat H-COOC5H11 (gilos hidi), chumoli kislotaning), izoamil efiri, izoamil for miat H - COOC5H11 (olxo'ri hidi), moy kislotaning etil efiri, etilbutirat C3H7 - COOC2H5 (o'rik hidi) moy kislotaning izoamil efiri, izoamilbutirat C3H7 - COO C5H11 (ananas hidi) izovalerian kislotaning izoamil efiri, izoamilizovalerat) C4H9 - COOC5H11 (olma hidi).
Bu efirlarning ba`zilari qandolatchilik va atir-upa sanoatida ishlatiladigan sun`iy mevali essentsiyalar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |