Murakkab bilish jarayonlari


-rasm. Xotiraning sakkiz qonuni



Download 357,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana23.01.2022
Hajmi357,05 Kb.
#405596
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1-mavzi; Murakkab psixik jarayonlari

9-rasm. Xotiraning sakkiz qonuni 

Anglanganlik qonuni.

 Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni 

qanchalik  chuqur  anglasak,  shunchalik  uni  mustahkam  xotirada  muhrlagan 

bo’lamiz. 



Qiziqish  qonuni.

  Anatol  Frans:  “Bilimlarni  yaxshi  hazm  qilish  uchun  uni 

ishtaha  bilan  yutish  kerak”  deganda,  albatta,  materialga  jonli  qiziqish  bilan 

munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.



 

Ilgarigi  bilimlar  qonuni.

  Ma’lum  mavzu  yuzasidan  bilimlar  qanchalik  ko’p 

bo’lsa,  yangisini  esda  saqlab  qolish  shunchalik  oson  bo’ladi.  Masalan,  ilgari 

o’qigan  biror  kitobni  qaytadan  o’qib,  uni  yangidan  o’qiyotganday  his  qilsangiz, 

demak,  siz  ilgarigi  tajribangiz  yetishmaganligidan  uni  yaxshi  o’zlashtira 

olmaganligingizni  his  qilishingiz  mumkin.  Demak,  eski  bilimlar  ham  tajribaga 

aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi.

 

Eslab  qolishga  tayyorlik  qonuni.

  Biror  materialni  eslab  qolishdan  avval, 

bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab 

qolasiz.  Masalan,  fizika  o’qituvchisining  barcha  darslari  sizga  doimo  ma’qul 




bo’lgan  bo’lsa,  Siz:  “Bugun  ham  yangi  narsa  o’rganib  chiqaman”,  deb  o’zingizni 

ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik 

ham  shunday.  “Bir  amallab  imtihon  topshirsam,  keyin  qutulaman”,  deb  darsga 

tayyorlangan  bo’lsangiz,  imtihon  tugagach,  go’yoki  miyangizni  birov  “yuvib 

qo’yganday”  tasavvur  hosil  bo’ladi.  Agar  materialni  mutaxassis  bo’lishim  uchun 

juda  kerak,  deb  umringiz  oxirigacha  muhimligini  anglasangiz,  u  narsa  xotirada 

muqim saqlanadi.

 

Assosiasiyalar  qonuni.

  Bu  qonun  haqida  eramizdan  avval  Aristotel  ham 

yozgan  edi.  qonunning  mohiyati  shundaki,  bir  vaqtda  shakllangan  tasavvurlar 

xotirada  ham  yonma-yon  bo’ladi.  Masalan,  ayni  konkret  xona  o’sha  yerda  ro’y 

bergan hodisalarni ham eslatadi.

 

Birin-ketinlik  qonuni.

  Harflarni  alfavitdagi  tartibida  yoddan  aytish  oson,  uni 

teskarisiga  aytish  qiyin  bo’lganidek,  xotirada  ham  ma’lumotlarni  ma’lum  tartibda 

joylashtirishga  va  kerak  bo’lganda,  tartib  bilan  birin-ketin  tiklash  maqsadga 

muvofiqdir.

 

Kuchli  taassurotlar  qonuni.

  Eslab  qolinadigan  narsa  to’g’risidagi  birinchi 

taassurot  qanchalik  kuchli  bo’lsa,  unga  aloqador  obraz  ham  shunchalik  yorqin 

bo’ladi.  Bundan  tashqari,  siz  uchun  ahamiyatli  va  jozibali  ma’lumotlar  oqimida 

eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.

 

Tormozlanish  qonuni.

  Har  qanday  muayyan  ma’lumot  o’zidan  oldingi 

ma’lumotni  tormozlaydi.  Shuning  uchun  uning  o’chib  ketmasligi  uchun  yangini 

esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak.



 

Demak,  yaxshi  kuchli  bilimlarga  ega  bo’lish  uchun  har  bir  predmet  yoki 

fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini 

ishlab  chiqishingiz  kerak  ekan.  Lekin  albatta,  matematika  fanidan  keyin  fizikani, 

tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslikni 

maslahat beramiz. 




Download 357,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish