11-mavzu. Quyosh energetikasida foydalaniladigan atamalarning “Uzstandart” agentligida standartlashtirish natijalari
Reja
Quyosh energetikasida foydalaniladigan atamalarning “Uzstandart” davlat agentligida standartlashtirish natijalari
Amaliyoda quyosh energetikasi sohasida ko‘p uchraydigan atamalar taxlili
Kremniy (Silicium), Si — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy elementi tartib raqami 14, atom massasi 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). Kremniy kisloroddan soʻng tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstining massasi jihatidan 27,6% ini tashqil etadi. Tabiatda birikmalar [koʻpincha kremniy (1U)-oksid SiO2” qumtuproq va silikatlar] qolida boʻladi. Kremniy SiO2 holida oʻsimlik va xayvon toʻqimalarida ham uchraydi. Sof Kremniyni ilk bor 1911 yil fransuz kimyogari Kremniy Kremniy Gey-Lyussak va Kremniy Kremniy Tevarlar ajratib olishgan . Kremniy — kulrang , kumushdek yal-tiroq modda. Amorf va kristall holda boʻladi. Kristall holdagi Kremniyning suyuqlanish temperaturasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash temperaturasi 3249° , zichligi 3,33 g/sm³- Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) 0,040 nm (4), 0,054 nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda Kremniy moʻrt modda, 8000" dan yuqorida plastik holatga oʻtadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, toʻrt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga oʻtadi. Odatdagi temperaturada faqat ftor bilan birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil boʻlishi sababli Kremniy yuqori haroratda ham barqaror boʻladi.
Kremniy 400° dan yuqorida kislorod taʼsirida SiO2 gacha oksidlanadi. Kislotalar taʼsiriga chidamli, faqat nitrat va ftorid kislotalar aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Kremniy ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi va silikatlar hosil qiladi:Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2T.
300—500° da galogenlar bilan birikib galogenidlar (SiX4 yoki SinX2n+2), 600° da oltingugurt bugʻlari taʼsirida disulfid (SjS2)hh beradi, 600° dan yuqorida u monosulfid (SiS)ra aylanadi. Kremniy yuqori temperaturada koʻpgina metallar bilan birikib, silitsidlar hosil qiladi. Amorf holdagi Kremniy koʻp miqdordagi turli gazlarni eritish xossasiga ega. Mac, Kremniy vodorod bilan qattik eritma (47 at.% N2) beradi. SiO2 Kremniy ning eng oddiy va barkaror birikmasidir. Amorf holdagi SiO2 silikat kislota hosil qiladi.
Sanoatda texnik Kremniy 1800° da qumtuproqni koks bilan, uta sof holdagi Kremniy esa kremniy tetraxloridni 1200—1300° da oʻta sof qoddagi vodorod yordamida qaytarib olinadi. Ozroq miqdordagi Kremniyni Na2SiF6 yoki K^Gʻ^eritmalarini elektroliz qilish usuli bilan olish mumkin. Kremniy — elektronikada asosiy yarimoʻtkazgich metallaridan biri. Uning asosida tayyorlangan asboblar 200° temperaturagacha chidaydi. Kremniy intefal sxemalar, diodlar, tranzistorlar, quyosh batareyalari, fotopriyomniklar, yadro fizikasida dedektorlar va turli linzalar tayyorlashda ishlatiladi. Kremniy va uning birikmalari kremniyorganik hosilalar, silitsidlar olishda qoʻllaniladi. Kremniy— biogen element. U inson, hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur. Odam organizmida Kremniy yetishmasa uning koʻzi ogʻriydi, tish emali yemiriladi, tirnoq yupqalashib, sinuvchan boʻladi, teri, soch oʻzgaradi.
Kimyoviy xossasi bо‘yicha shisha - inert material. Ular kimyoviy ta’sirga chidamli, faqat NG‘ va ishqoriy metallarning gidroksidlarining suyuqlanmalari shishani buzadi. Shishaga gul solishda va surat yoki naqsh berishda plavik kislotasi, vodorod ftorid (gaz holida) va qattiq gidroftoridlar ishlatiladi. Shishalar tarkibiga kо‘ra quyidagi muhim turlarga bо‘linadi:
Shisha xom ashyoni (qum, soda va SaSO3) suyuqlantirib olinadi:
Na2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 = Na2O ∙ CaO∙ 6SiO2 + 2CO2↑
Soda о‘rniga natriy sulfat va kо‘mir aralashmasi ham ishalatiladi:
Na2SO3 + 3C + CaCO3 + 6SiO2= Na2O∙CaO∙6SiO2 + 2CO2↑ + SO2↑ + 3CO↑
Bu uncha qimmat bо‘lmagan «normal deraza» oynasi. Butilkalar shishasi yanada arzonroq bо‘lib, u unchalik toza emas, suyuqlangan silikatga alyuminiy va temir oksidlari aralashgan bо‘ladi. Temir oksidi shishaga yashil rang beradi.
Bu turdagi shishalarga ohak natriyli shisha deyiladi.
Ohak –kaliyli shisha; qum, ohaktosh va potashdan tayyorlanadi.
Ohak – natriyli shishaga nisbatan qiyinroq suyuqlanadi:
K2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 = K2O ∙ CaO∙ 6SiO2 + 2CO2↑
Bu shishaning boshqacha turi – bogemsk- xrustali va kron (optikada foydalaniladi).
Qо‘rg‘oshin – kaliyli shisha qum, qо‘rg‘oshinli surik va potashdan tayyorlanadi. Yuqori suyuqlanuvchan material yuqori nur tarqatish koeffisentiga ega:
PbCO3 + CaCO3 + 6SiO2 = PbO ∙ CaO∙ 6SiO2 + 2CO2↑
Optikada, yuvelir ishlarida qimmatbaho toshlarni imitasiya qilishda va qо‘rg‘oshinli xrustal sifatida uy-rо‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Alyumoborsilikatli shisha. Bu shishada SiO2 qisman Al2O3 va V2O3 bilan almashtirilganda, buning uchun suyuqlangan massaga bor gidroksidi (yoki bura Na2B4O7) va kaolin (yoki dala shpati) qо‘shiladi.
Yensk shishasi nomi bilan ham ma’lum. U juda issiq bardosh va undan kimyoviy hamda uy rо‘zg‘or idishlari tayyorlashda foydalaniladi.
Maxsus shishalar. Masalan termometrlar uchun shisha, ultrabinafsha nurlanishlar uchun tiniq shisha, kо‘k (kobaltli) shisha, suyuqlanmaga SoO, So2O3 qо‘shib olinadi, sutdek oq shisha- loyqa hosil qilish uchun TiO2 qо‘shiladi, qо‘yosh nuridan himoyalovchi shisha (AgCl qо‘shiladi).
Xavfsiz shishalar. (oskolkasiz – siniqsiz, parchasiz shisha) – singanda mayda parchalar hosil bо‘lmaydi, kо‘p qatlamli xavfsiz shisha, bir necha qavatdan iborat, qavatlar orasida plastmassali plyonkalar bо‘ladi.
Agar suyuqlangan shishaga MnO2 qо‘shilsa qizg‘ish gunafsha rangli shisha, So2O3 – qо‘shilsa izumrud yashil shisha, oltin birikmalari qо‘shilsa tо‘q qizil rangli qimmat baho, elektronika va fotografiyada ishlatiladigan shishalar olinadi.
Hozirgi vaqtda shisha asosida yangi anorganik shishalar sinfiga mansub materiallar sitallar ya’ni, shisha kristallar olinmoqda va foydalanilmoqda. Agar shishada kichik mikrokristallar sohasi bо‘lsa sitallar nozik qoldiq shisha qatlami bо‘lgan shishaning deyarli tо‘liq kristalanish mahsulotlaridir.
Shishaning tо‘liq kristalanishi uchun unga mineralizatorlar (metall oksidlari) qо‘shiladi. Ular shishaning kristallanish uchun о‘ziga xos katalizatorlar bо‘ladi. Sitalldagi ayrim kristallitlarning о‘lchami 30 nm gacha shisha qatlami 5 % gacha bо‘ladi. Sitallar yuqori mexanik mustahkam ular kimyoviy va issiqlikka chidamli, 1400-15000S dagina yumshaydilar. Masalan, magniyli sitallar (MgO – Al2O3-SiO2) obolit oynaga nisbatan 10 baravar mustahkam, alyuminiydan yengil, yuqori uglerodli pо‘latga nisbatan qattiq, termik barqarorligi kvarsday.
Do'stlaringiz bilan baham: |