Muqobil energiya manbalari


-rasm. Oddiy magnit zanjir



Download 8,93 Mb.
bet46/119
Sana04.02.2022
Hajmi8,93 Mb.
#429636
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Bog'liq
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA MT. MICHCHJ va A

37-rasm. Oddiy magnit zanjir.
orqali tutashadi. Rotor ma`lum ω burchak tezlik bilan aylanganda statorning chulg’amlarida ω chastotali o`zgaruvchan E Yu K induktsiyalanadi. O`zgarmas tokning elektromagnitaviy maydonidan po`lat buyum va metall siniqlarini tashishda ishlatiladigan ko`targich elektromagnitlar qurishda foydalanilishini misol tariqasida ko`rsatish mumkin.
2.Ferromagnit materiallar va ularni hossalari.
Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi: Magnit oqimidan past kuchlanishli toklarni yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o`hshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.Tashqi magnit maydoni ta`sirida magnitlanish hossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo`ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallariga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi. Materiallarni magnit hossalari elektr zaryadlarining ichki harakatiga asoslangan bo`lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko`rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o`z o`qi atrofida aylanishi hamda ularning atom ichida orbita bo`ylab aylanishidan hosil bo`ladi. Ferromagnit hodisasi bahzi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo`lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o`zaro parallel ravishda bir tomonga yo`nalgan bo`ladi:
Ba`zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinligi bir necha o`n-yuz atom masofasiga teng bo`lgan) da domenlarning o`lchami tahminan 0,001-10 mm3 oralig’ida bo`ladi: O`ta toza materiallarda esa domenlarning o`lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo`ladi: Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan harakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o`qlar yo` nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi. Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit strukturaga ega bo`ladi. Kerakli magnit struktura olish orqali materialda ma`lum yo`nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishish mumkin: Demak, magnit materialida magnit singdiruvchanlik o`zining aniq bir qiymatiga ega bo`lmay, balki magnit maydon kuchlanganligiga juda ham bog’liq ekan. Shu sababli, magnit materialini r qiymati keltirilganda magnit maydon kuchlanganligi (N) ham ko`rsatilishi shart: Magnit maydon kuchlanganligi o`zining Nm qiymatidan kamaytirilsa (induktsya Vm gacha), gisterezis hodisasi kuzatiladi, yani magnit induktsiyasining kechiki-shi maydon kuchlanganligining o`zgarishiga bog’liq bo`ladi: Maydon kuchlanganligi nolga teng bo`lganida magnit induktsiyasi qandaydir qoldiqqa ega bo`lib, u induktsiya qoldig’i (Vr) deyiladi. Induktsiya qoldig’iga magnit maydon kuchlanganligining teskari yo`nalishida, uning Ns0 qiymatida erishiladi, bunda Ns koertsitiv kuch deb ataladi. Kuchsiz toklar sohasida quyidagi qiymatdan foydalaniladi: Q , bunda -burchak chastota, Gts; L-chulg’am induktivligi, Gn; r-o`zakdagi ekvivalent qarshilik Om.
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo`linadi. Yumshoq magnit material-lardan magnitli o`tkazgichlar tayyorlanadi: Bu materiallarning magnit singdiruvchanligini boshlang’ich qiymati katta bo`lishi kerak: Yumshoq magnit materiallarida solishtirma qarshilik nisbatan katta qiymatga, koeritsitiv kuch (Ns0,1 Am) esa kichik qiymatga ega bo`lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobalt bilan qotishmalarini misol tariqasida keltirish mumkin. Texnik sof temir (qo`shimchalari 0.1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit hossalari 3-jadvalda keltirilgan. Bu temir o`zgaruvchan tok zanjirida ish latiladigan elektr magniti yoki rele uchun o`zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki tsilindr shaklda yupqa (0,2-4 mm) qilib tayyorlanadi. Turlicha ishlov berilgan temirning tarkibi va magnit hossalari 3-jadval

Material

qo`shimchalarning miqdori, %

Magnit xossalari

Magnit singdiruvchanlik

Koertsitiv, kuch, Ns Am

uglerod

kislorod

r b

r yu

Texnik sof temir

0,020

0,060

250

7000

64,0

Elektrolitik temir

0,020

0,010

600

15000

28,0

Karbonil temir

0,005

0,005

3300

21000

0,4

Vakuumda eritilgan elektrolitik temir

0,010

-

-

61000

7,2

Vodorodda ishlov berilgan temir

0,005

0,003

6000

200000

3,2

Vo-da yaxshi ishlov berilgan Fe

-

-

20000

340000

2,4




Download 8,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish