Vulqonli
rayonlarga
o‘rnatish
mumkin
bo'lgan
geotermal
elektrostansiyaningsxemasi: 1-geotermal quduq; 2 -bug‘ga aylantiruvchi moslama;
3 -turbina; 4-kondensator; 5-nasos; 6-suvli issiqlik almashtirgich.
Geotermal quduq-asosiy issiq suv bazasiga ega hudud. Bug’ga aylantiruvchi yoki
separator qurilmasi- bu qurilmalar ishlash prinsipiga ko’ra issiq suvni to’yingan
bug’ga yoki uning tarkibini suv-bug’ va mineral-tuz larga ajratishdan iborat .
6
Turbina –bug’ aylantiruvchidan uzatilgan bug’ turbina parraklarini aylantirishi
natijasida generator vali aylanadi va bu mexanik harakat elektr energiyaga aylanadi.
Kondensator- turbinada ishlatib bo’lingan suv kondensator qurilmasida sovutiladi.
Nasos- ushbu sistemada jarayonning uzluksizligini ta’minlash uchun eng zarur
qurilma, kondensatorda sovutilgan suvni bug’ga aylantiruvchi qurilmaga yetkazib
berish vazifasini o’taydi.
Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr
energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda
2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi
(qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi
yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ
turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya,
Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.. Oʻzbekistonda Fargʻonada
artezian iliqsuv havzalari bor
Geotermal resurslar
- Yer qaʼri issiqligi zaxirasi.
Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha
qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan
mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal
resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr
quvvati i.ch.da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH
(Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Gʻarbiy
Sibir, Shim. Saxalin)da].
1.3 Yurtimizda geotermal energiyadan foydalanish va uning mavjud imkoniyatlari.
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni
uning hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod
resurslaridan 4-6 marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal
resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va
elektr energiya ishlab chiqarish bo‘ladi.
Farg‘ona artezian basseynida bir necha
suv oqimi komplekslari terminal suvlari uchraydi, minerallashuv va kimyoviy
tarkibi turlicha, suv tennisi 70-900 C ga yetadi. Bu suvlar katta debitga va
basseynga ega. Alohida quduqlari 30 l/s gacha termal suv olish mumkin.
O‘zbekiston janubida (Sirdaryo) geotermal suvlar 6500 C temperaturada
uchraydi, ularda debiti ayrim quduqlar 3000 m3/sutka gacha etadi. Bu suvlar yod va
brom moddalari bor hisoblanadi. Ulardan kompleks foydalanish mumkin-issiqlik
ta’minoti uchun yoki qimmatbaxo kimyoviy elementlar olish uchun.
O’rta Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umumiy oqim
sarfi 0,55 mln.m3/kun bo’lgan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir. Hozirgi
vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida
(uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash
maqsadlarida ishlatiladi. Energetika va issiqlik bilan ta’minlashda asosan
temperaturasi yuqori va kam mineralizatsiyali suvlar qimmatli hisoblanadi.
7
Chunki mineralizatsiyasi oz bo’lsa, jihozlarning zanglashi va ularning devorlariga
tuzlarning o‘tirib qolishi kam bo’ladi.
Issiqlik almashinuviga ega past chuqurlikdagi geotermal tizim, a - yer osti quduq
(skvajina) larda; b- gorizontal kanallarda.
O'zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytalanuvchi energiya
manbalarining turlari va miqdorlari (mln.t.n. e.)
Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
bo‘yicha juda ko‘p ilmiy-tadqiqot, loyiha hamda qurib ishga tushirish ishlari
xalqaro grantlar va loyihalar asosida bajarilmoqda
Dunyodagi eng katta geotermal
elektrostansiya The Geysers - eng katta geotermal energiya to‘plangan joy
AQShning Kaliforniya shtatidan 116 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda
joylashgan 18 dona geotermal elektrostansiya 2000 MW quvvat ishlab chiqaradi
Geotermal elektrostansiyalar joylashgan hudud 78 km
2
tashkil qiladi. Ishlab
8
chiqarilayotgan elektr energiyasi Kaliforniya shtatinmg janubida joylashgan
iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, butun dunyo siyosatchilari va iqtisodchilari
tillari bilan aytilganidek har bir davlatning rivojlanganligini uning energiya ehtiyoji
va ishlab chiqarishiga qarab baholasak bo’ladi. Bugungi kunda barcha davlatlar
o’zining organik yoqilg’i resurslaridan uzoq muddat davomida foydalana
olmasligini anglagan holda o’zining ehtiyojini ma’lum miqdorda qayta tiklanuvchi
energiya manbalari va atom energiyasidan qoplashga o’tishmoqda. Yildan-yilga
qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlab chiqarilayotgan elektr va
issiqlik energiyasi ko’rsatgichlari ortib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham
ushbu sohada kata loyiha va shartnomalar tuzilmoqda. Jumladan O’zbekistonda
birinchi quyosh elektr stansiyasining (Saudiya Arabistonning ,,Masdar’’
kompaniyasi investitsiyasi hisobiga 100MV quvvatli Navoiy viloyatining Karmana
tumanida ) joriy 2021-yilda ishga tushirilishi ilk qadamlardan. Kelgusi yillarda ham
quyosh va shamol, biogaz, kichik GES, atom, geothermal, vodorod energiyasidan
foydalanish borasidagi shartnoma va loyihalar bajarilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar
bilan biz hozirda mavjud organik yoqilg’imizni kelajak avlodga ham qoldirgan va
ekologiyamizda har xil zararli birikma va chiqindilar miqdorining kamaytirishga
erishgan bo’lardik.
9
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
,,Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari’’. ,,Voris-nashriyot’’.
Toshkent-2014.
2.
,,Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari’’.
,,Ilm-Ziyo’’. Toshkent-2014.
3.
,,Yo’nalishga kirish’’ fanidan ma’ruzalar matni. ,, QarMII- Issiqlik
energetikasi kafedrasi.’’ Qarshi-2017.
Internet tarmog’i.
1.http:/staff.tiiame.uz.
2.http:/library.ziyonet.uz.
3.http:/Wikipedia.org.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |